Tashkiliy qo‘mita tomonidan Matbuot xizmatiga ma’lum qilinishicha, ushbu musobaqada qatnashishni xohlovchilar ko‘pligini inobatga olib, talab-istaklardan kelib chiqqan holda ishtirokchilarni ro‘yxatga olish shu yil yanvar oyining 14 sanasi kechki soat 19:00 gacha davom etadi.
Tashkiliy qo‘mita bergan ma’lumotga ko‘ra, 13 yanvar sanasigacha 2770 nafar ishtirokchi hujjat topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘rsatgich:
8 yanvarda 733 nafar;
9 yanvarda 1101 nafar;
10 yanvarda 2079 nafar;
11 yanvarda 2255ni tashkil etgan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Savol: Umraga borgan kishi, yetti marta tavofni qilib bo‘lgach, toliqib qolib, Safo va Marva orasida sa’yni qilmay, mehmonxonaga ketib qolsa, nima qilishi lozim bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu odam mehmonxonada biroz orom olgach, haramga qaytib, sa’yni qilishi vojib bo‘ladi. Chunki Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qilish umraning vojiblaridan sanaladi. Shuning uchun umra qilayotgan odam tavofdan keyin sa’yni tugatmaguncha ehromdan chiqa olmaydi. Agar sa’ydan oldin sochini oldirib, ehromdan chiqqan bo‘lsa, o‘z vaqtidan oldin ehromdan chiqqani uchun, zimmasiga bir jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Shu bilan birga sa’yni qilishi ham lozim bo‘ladi. Agar keksa yoki bemorligi tufayli o‘zi yurishga qiynalsa, aravada sa’y qilsa ham joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.