Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Dekabr, 2024   |   26 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:24
Bismillah
27 Dekabr, 2024, 26 Jumadul soni, 1446

Indoneziyalik professor dinga xizmati uchun Qirol Faysal mukofotini qo‘lga kiritdi

11.01.2018   3605   1 min.
Indoneziyalik professor dinga xizmati uchun Qirol Faysal mukofotini qo‘lga kiritdi

“MINA” axborot agentligining xabariga ko‘ra, indoneziyalik professor Irvandi Jasvir 10 yanvar kuni Saudiya Arabistonida Islomga xizmati uchun Qirol Faysal xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan. 

Mukofotning taqdirlash marosimi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda bo‘lib o‘tgan. 

Professor Irvandi Jasvirning “Halol ilm-fan”ga qo‘shgan hissasi, halol taomlarni tadqiq qilishda yangi uslublar ustida olib borgan izlanishlari uchun ushbu mukofotga loyiq deb topilgani ma’lum qilingan. 

Jasvir mahsulot tarkibidagi halol bo‘lmagan moddalarni tez fursatlarda aniqlash texnologiyasini rivojlantirgan. U yaratgan uskana mahsulot tarkibidagi spirt va cho‘chqa go‘shtini bir necha soniyada aniqlaydi. 

Ma’lumot uchun, Islomga xizmati uchun Qirol Faysal xalqaro mukofoti 1979 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Islom tadqiqotlari, Arab tili va adabiyoti, tibbiyot va fan yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishgan shaxslar taqdirlanadilar. 

Islom tadqiqotlari sohasida mukofot iordaniyalik olim Bashar Avvadga berildi. 

Arab tili va adabiyoti yo‘nalishida mukofotga tunislik professor Chokri Mabhut munosib deb topilgan. 

Tibbiyot sohasidagi mukofot Jeyms Allisonga berilgan. U saraton immunoterapiyasi sohasida muvaffaqiyatga erishgan.

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

"Mahalla yettiligi"ning vazifalari nimalardan iborat?

26.12.2024   7053   1 min.

O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi rolikda "Mahalla yettiligi" tarkibining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.

"Yettilik" quyidagilardan tarkib topgan: mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodim.