“MINA” axborot agentligining xabariga ko‘ra, indoneziyalik professor Irvandi Jasvir 10 yanvar kuni Saudiya Arabistonida Islomga xizmati uchun Qirol Faysal xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan.
Mukofotning taqdirlash marosimi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda bo‘lib o‘tgan.
Professor Irvandi Jasvirning “Halol ilm-fan”ga qo‘shgan hissasi, halol taomlarni tadqiq qilishda yangi uslublar ustida olib borgan izlanishlari uchun ushbu mukofotga loyiq deb topilgani ma’lum qilingan.
Jasvir mahsulot tarkibidagi halol bo‘lmagan moddalarni tez fursatlarda aniqlash texnologiyasini rivojlantirgan. U yaratgan uskana mahsulot tarkibidagi spirt va cho‘chqa go‘shtini bir necha soniyada aniqlaydi.
Ma’lumot uchun, Islomga xizmati uchun Qirol Faysal xalqaro mukofoti 1979 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Islom tadqiqotlari, Arab tili va adabiyoti, tibbiyot va fan yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishgan shaxslar taqdirlanadilar.
Islom tadqiqotlari sohasida mukofot iordaniyalik olim Bashar Avvadga berildi.
Arab tili va adabiyoti yo‘nalishida mukofotga tunislik professor Chokri Mabhut munosib deb topilgan.
Tibbiyot sohasidagi mukofot Jeyms Allisonga berilgan. U saraton immunoterapiyasi sohasida muvaffaqiyatga erishgan.
O‘MI Matbuot xizmati