Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Buxoro tamadduni tarixi Londonda o‘rganiladi

10.01.2018   4487   1 min.
Buxoro tamadduni tarixi Londonda o‘rganiladi

 London universitetining Sharq va Afrika fakulteti tashabbusi bilan London shahrida islomiy obidalarni asrashga oid 4-xalqaro yillik anjuman tashkillashtiriladi. Anjuman 3 fevral kuni London universitetining Tarixiy obidalar instituti ma’muriy binosida o‘tkazilib, unda Islom olamidagi tarixiy obidalar bo‘yicha  yangi tadqiqotlar olib borish muhokama qilinadi.  Kun tartibiga qo‘yilgan quyidagi mavzular o‘rganib chiqiladi:

  • O‘rta asrlar ijtimoiy hayotida Islomning ta’siri;
  • Islomning ilk asrida Basradagi tarixiy qadamjolar;
  • Buxoro tamadduni tarixi;
  • Maldiv orollari davlatida islomiy obidalar;
  • Samroo shahridagi shisha devorlar;
  • Qohirada mamluklar asriga oid qadamjolarning tarixi.

O‘MI  Xalqaro aloqalar bo‘limi 

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ilmning boshi - sabr

21.07.2025   2095   1 min.
Ilmning boshi - sabr

O‘tgan solihlardan qoida va meros bo‘lgan so‘z bor:


من رام العلم جملة ذهب عنه جملة
."Kimki ilmning hammasini birdaniga o‘rganishni istasa, ilmning hammasidan quruq qoladi"

Oz vaqtda ilmning hammasini o‘rganib olaman, deya xomtama bo‘lgan talaba, ilmning hammasidan bebahra qoladi. Hech narsaga erishmaydi.

Qur’oni karim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 23 yil davomida nozil bo‘lgan...

Imom Burhoniddin Marg‘inoniy rahimahulloh "Hidoya" asarini 13 yil mobaynida ro‘zador holda yozganlar...

Imom Buxoriy rahimahulloh "Sahihul Buxoriy"ni 16 yilda, tahorat olgan holda va ikki rakat nafl namoz o‘qib, yozganlar...

Ilm kitoblari harfma-harf va kalima-kalima izohlab o‘rganiladi. Igna bilan quduq qazishga sabr-toqat, oliy himmat, intizom va uzoq vaqt zarur. Shoshqaloqlik va puxtalik bir-biriga zid – hech qachon jamlanmaydi. 

Muhtaram tolibi ilm! Ilmning boshi sabrdir: kitobga sabr qilasiz, ustozga sabr qilasiz, yashayotgan shahringizga sabr qilasiz, hamdarslaringizga sabr qilasiz va hokazo.

Ilm olish lazzatiga erishgach, sabr maqomidan rozilik va muhabbat maqomiga o‘tib olgach hayotingiz mazmuni kitob va ustozlar suhbatiga aylanadi.