Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

Qur’on musobaqasida qatnashuvchilar soni 733 nafarga yetdi

8.01.2018   7011   1 min.
Qur’on musobaqasida qatnashuvchilar soni 733 nafarga yetdi

Musobaqada qatnashuvchilarni ro‘yxatga olish jarayoni hali davom etmoqda, deb xabar beradi Qur’on musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita. O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz rasmiy portalida muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan o‘tkazilayotgan Qur’on musobaqasi haqida muntazam xabar berib kelmoqdamiz.

Xabaringiz bor, ushbu musobaqaga ishtirokchilarni ro‘yxatga olish joriy yilning 4 yanvar kunidan boshlangan edi. O‘tgan qisqa vaqt ichida bir necha yuzlab yurtdoshlarimiz Qur’on musobaqasida ishtirok etish uchun hujjat topshirishdi. “Katta xursandchilik, kuchli ishtiyoq bilan hujjat topshirishga kelayotgan mo‘min-musulmon yurtdoshlarimizni ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi va beixtiyor muhtaram Prezidentimizning kuni kecha Toshkent viloyatiga qilgan tashriflari chog‘ida: Qur’onni eshitish, eshita olish yuksak ma’naviyat, ma’rifat. Qur’on hech qachon yomonlikka da’vat qilmaydi. Agar, Qur’oni karimni eshita olsak, eshittira olsak bu muvaffaqqiyat bo‘ladi. Elimizga nur keladi degan so‘zlari naqadar haqiqat ekanini anglaysan kishi”, deydi Tashkiliy qo‘mita raisi Abdulhakim qori Matqulov.

Tashkiliy qo‘mitaning O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatiga ma’lum qilishicha, musobaqada ishtirok etish uchun joriy yilning 8 yanvar holatiga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 556 nafar erkak va 177 nafar ayol kishi jami 733 nafar yurtdoshlarimiz hujjat topshirishgan.

Eslatib o‘tamiz, Qur’on musobaqasida 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolarimiz hifz va tilovat yo‘nalishlari bo‘yicha qatnashishlari mumkin. Ishtirokchilarini ro‘yxatga olish 13 yanvar kuniga qadar davom etadi.

O‘MI Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ota-onangizning bu so‘zlariga ishonmang!

8.01.2025   1440   1 min.
Ota-onangizning bu so‘zlariga ishonmang!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Misrlik yozuvchi Anis Mansurning ota-ona haqida yozgan eng go‘zal so‘zlari:

"Ota-onang seni tashlab ketganlaridan so‘ng afsuslanasan. Chunki sen ularga biror yordam yoki biror narsa taklif qilganingda, ular "hojati yo‘q", "kerak emas qo‘yaver" deyishardi, sen esa ularga ishonarding, vijdoningni tinchlantirar eding – haqiqatan otamga kerak emas, onam hech narsa istamayapti, deb o‘ylarding.

Otalaringiz va onalaringiz "hech narsa kerak emas" deganlarida ularga ishonmang. Ular buni  sizni o‘ylab, sizni holatingizni inobatga olib yoki sizdan hijolat bo‘lib aytishadi... Siz ulardan so‘ramasdan, ularga takalluflik qilmasdan, ulardan ruxsat olmasdan bering, hadya qiling.

Ko‘pchilik odamlar aldangani kabi siz ham otangizning qariligiga aldanmang. Onangizning yoshi ulug‘ligi, ojizligi yoki soddaligi sizni aldab qo‘ymasin. Chunki ularning har birining ichida erkalatishga va e’tiborga muhtoj bo‘lgan bir bola yashaydi".

Homidjon domla ISHMATBЕKOV