-Men, salafiyman!
-Ha, sen avvalgi uch asr vakillaridanmisan? Yoshing ham 1400 da a, shundaymi?
-Yo'q, men boshqa narsani nazarda tutyapman.
-Sen salafiy deganda salaflarni emas, ularning tutgan yo'llarini aytmoqchimisan?
-Ha, shunday.
-Salaflar kechani ikki rakat namoz bilan o'tkazardi yoki bir, uch, etti kechada Qur'oni xatm qilardilar. Senchi, sen qancha xatm qilding? Qancha ro'za tutding (Ramazondan tashqari)? Qancha sadaqa qilding? Va, va, va…?
-Yo'g'-e, men u darajada emasman. Men sen aytgan narsalarni nazarda tutmadim.
-Bo'lmasa, ularning manhajiga taqlid qilishni nazarda tutdingmi?
-Ha, men ayni shuni aytmoqchi edim. Maqsadim shunday edi.
-Lekin ular bir qancha masalalarda ixtilof qilishganku? (Bu so'zimga bir qancha misollar keltirdim). Shunda sen ularning qay biriga taqlid qilasan?
-Men Kitob va Sunnatdan olaman.
-Barcha musulmonlar ham Kitob va Sunnatdan oladilar. Ho'p, sen o'zingni ulardan qanday ajratasan?
-Men bid'at hisoblangan mazhablarning birortasiga taqlid qilmayman.
-Bo'lmasa, fiqhiy hukmlarni qayerdan olasan? Yoki sen mujtahidmisan?
-Yo'q, men salaflardan olaman.
-Qaysi salaflardan olasan? Ochiqla?
U o'zining hozirgi vaqtdagi «shayxlarini» nomlarini sanab ketdi.
-To'xta, ular salaflardan emasku.
-Qanday ulardan bo'lmasin?
-Unday bo'lsa, biz kimmiz?
-…?
-Sen va mana bular hijriy 14 asrda yashayotgan kishilardansan. Salaflar esa uchinchi asr egalaridir. Sizlar qanday qilib, salafga aylanib oldingiz? Tabiiyki, anavilar ham sen bid'at deb aytayotgan mazhablarning biridan ilm olgan, ularga taqlid qiladi, ulardan oladi.
-Qanday? Bizni boshqa musulmonlarga o'xshash deb o'ylayapsanmi?
-Ha. Chunki biror kishi Kitob va Sunnatni to'g'ridan-to'g'ri tushinishga qodir bo'lmaydi. Illo, o'sha kishi o'tgan imomlarni ilmlarini o'rgansa, dalil va nasslarning ma'nolarini tushunsa va ulardan istinbot (hukm olish) kayfiyatini bilsa, ijmo, qiyos va, va, va …larni bilsa, keyin bo'ladi. Ilm tolibi hech qachon o'tganlarning ilmidan behojat bo'la olmaydi.
-Lekin, men salafiyman!
-Sen salafiy emassan! Sen kimsan, bilasanmi?
-Kimman?
-Shofe'iylar kimlar?
-Ular fiqhda imom Muhammad ibn Idris Shofe'iyga ergashganlar.
-Ash'ariylar kimlar?
-Aqoidda imom Abulhasan Ash'ariyga ergashganlar.
-Ho'p, unday bo'lsa, Muhammad ibn Abdulvahhob Najdiyga ergashlar nima deyiladi?
-Agar yuqoridagi gapga qarasak, ularni vahobiy, deyiladi.
-Ana, sen vahobiysan! (Salafiy emassan).
-Bu beshinchi yoki oltinchi mazhabmi?
-Ular o'sha vaqtda inglizlar yordamida Usmoniylarga qarshi chiqqan, usmoniylarni va ularni kofir demaganlarni kufrda ayblagan, ular bilan urishgan, qon to'kkan, vayron qilgan, hajni to'xtatgan, hojilarni o'ldirgan va …lardir. Hijoz, Yaman, Misr, Shom, Misr va Tunislik hamasr olimlar ular haqida gapirgan va raddiyalar berganlar.
-Bunga daliling bormi?
-“Ad durar as saniya”, “Tarixu ibn G'onnam” va “Tarixu ibn Bishr” kitoblarini o'qi. Bular vahobiylarning kitoblaridir. U ushbu kitoblarni o'qidi.
-Ajib! Qanday qilib, “Labbaykallohumma”ni aytib turgan hojini kofir deydi? Nima uchun, kofir degan da'voda ularning mollarini olib, o'zlarini o'ldiradi? Axir bularni terrorchidan nima farqi bor?
-Sen qanday qilib, o'zing tarixini, fikrlarini, ishlarini o'qimagan, bilmagan kishilarga o'zingni mansubman, deysan?
-Ular o'z fikrlarini hamma joyda e'lon qilgani, telvediniya, radio va ommaviy axborot vositalarida shayxlari mashhur bo'lgani va kitoblari bepul tarqatilgani meni aldabdi.
-Bo'lmasa, nima uchun ummatning aksari hisoblanuvchi jamoaga qaytib, ularning biriga aylanmaysan?
-Axir, men salafiymanku!
-Yaxshi, suhbatni boshidan boshlaymiz. Yoshing 1400 dami?…
© Urinbayev Ravshanbek tarjimasi
Al-Kisoiy al-Kufiy 119/737 yil Kufada dunyoga kelgan.
To‘liq ismi: Ali ibn Hamza ibn Abdulloh ibn Bahman ibn Fayruzm al-Kisoiy al-Kufiy. Imom al-Kisoiy yoshligida ilm o‘rganishga juda intilardi, lekin boshlang‘ich davrda muvaffaqiyat qozona olmasdi. Bir safar Qur’onni yod olishda qiynalgach, ustoziga: “Men hech narsani yodlay olmayapman, charchadim”, dedi.
Ustoz unga sabr qilishni va Qur’onning barakasiga ishonishni tavsiya qildi. Shundan so‘ng, Imom al-Kisoiy sabr bilan harakat qilib, Qur’onni mukammal yod oldi va keyinchalik mashhur qiroat imomlaridan biri bo‘ldi. Bu voqea sabr va mehnatning samarasini eslatadi.
Hayoti: Al-Kisoiy Kufada tug‘ilgan va tilshunoslikda ham, qiroatda ham yuqori maqomga ega bo‘lgan. Undan nega «Kisoiy» deb nom olganligi haqida so‘rashganida u, – "chunki men hajda kisoda (kiyimda) ehrom bog‘laganman", deb javob bergan ekan. U asli fors bo‘lib, Bani Asad qabilasining qullaridan edi.
Ilmiy faoliyati: Uning asosiy ustozlari Hamza al-Kufiy va boshqa yirik qiroatchilar bo‘lgan. Bundan tashqari Kufa maktabini asoschisi hisoblanadi.
Muoz al-Harro va Abu Ja’far Ruasiylarda nahvdan tahsil oldi. Ular-dagi ilmlarni olib bo‘lib, ulardan qoniqmay qolgach, Basraga kelib Iso ibn Umar, Abu Amr ibn al-Alo va Al-Xalil ibn Ahmaddan ilm o‘rgangan. Qiroatni esa Sho‘ba ibn Hajjojdan ta’lim olgan.
U zot juda ko‘p asarlar ham yozgan: "Kitab muxtasar fi an-nahv" (Nahvga oid qisqa bo‘lgan kitob), "Kitab al-hudud fi an-nahv" (Nahvdagi hadlar oid kitob), "Kitob al-qiroat (Qiroatga doir kitob)", "Kitab al-adad (Sonlarga doir kitob)", "Kitab ixtilaf al-adad (Sonlarning ixtilofiga oid kitob)", "Kitab al-huruf (Harflarga oid kitob)", "Kitab maoniy al-Qur’an (Qur’on ma’nolari haqidagi kitob)" kabi ko‘plab kitoblar yozgan.
Nahvdan Farro uning xos shogirdlaridan hisoblanadi.
Kisoiy 189/805 yil Roy shahrida vafot etgan.
Matkarimov Nurmuhammad,
Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi.