Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Yanvar, 2025   |   12 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:34
Shom
17:18
Xufton
18:37
Bismillah
12 Yanvar, 2025, 12 Rajab, 1446

O‘rab-chirmash bilan muammoni hal etib bo‘lmaydi

30.12.2017   6244   2 min.
O‘rab-chirmash bilan muammoni hal etib bo‘lmaydi

Dinning yaratuvchilik, bunyodkorlik, uyushtiruvchilik  va yo‘naltiruvchilik salohiyati hamisha jamiyat rivoji, inson kamolotiga xizmat qilgan. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televideniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma deb bir tomonlama tarbiya berish ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz”, deb ta’kidlagan edi.

Yoshlarning internetdan unumli foydalanishi ta’minlash har bir ota-ona. ustoz yoki tarbiyachining burchidir. Bu haqda marhum Birinchi prezidentimiz shunday degan edi: “To‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, yoshlar bugun axborot va ma’lumotlarni asosan internet orqali  olayapti, dunyoni televideniye va kompyuter orqali taniyapti. Ota-onasi, o‘qituvchilari ming  targ‘ib-tashviq qilmasin, bugungi yoshlar “O‘tkan kunlar”, “Urush va tinchlik” kabi mumtoz  romanlarni yoppasiga o‘qiyapti, deb ayta olamizmi? Modomiki, shunday ekan, endi odamlar, yoshlar  kitob o‘qimay qo‘ydi, deb faqat nolib o‘tirmasdan, ana shu ta’sirchan zamonaviy axborot vositalari orqali adabiyotimizni keng targ‘ib etish, xususan, internet imkoniyatlaridan foydalanib, yetuk badiiy asarlarni yoshlarga yetkazish ustida ham jiddiy bosh qotirish zarur, deb o‘ylayman”.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarni yot ta’sirlarga berilib ketishdan asrash uchun ularda sof islomiy ko‘nikma hosil qilishga harakat qilish, Qur’oni karim xulqi bilan xulqlantirish, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini chuqur o‘rganib, hayotga tatbiq qila bilish, ajdodlarimizning bizgacha qoldirib ketgan asarlaridan, ularning hayotlaridan ibrat olish zarur omillar hisoblanadi.

Sahobaxon MUHAMMADODILOVA,

Xadichai Kubro ayol-qizlar islom bilim yurti talabasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   3819   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar