Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Halol mehnat – ikki dunyo saodati

29.12.2017   7101   1 min.
Halol mehnat – ikki dunyo saodati

Xalqimizda “Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik”,  degan ajoyib maqol bor. Albatta, mehnat kishini ulug‘laydi. Ammo mehnat qilish uchun ham kishida ilm, aql, fahmu farosat bo‘lishi kerak. Alloh taolo Baqara surasining 172-oyatida “Ey, imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukr qilingiz!” deb marhamat qilgan.

Demak, mehnatimiz halollik asosida bo‘lishi va poklik mezonida o‘lchanishligi kerak ekan.

Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, Odam alayhissalom dehqonchilik, Idris alayhissalom xattotlik, Nuh alayhissalom durodgarlik, Dovud alayhissalom esa temirchilik bilan shug‘ullangan. Payg‘ambarlar mehnat bilan shug‘ullanib bizlarga o‘rnak bo‘lgan ekan, bizlar ham o‘zimiz yoqtirgan kasbning ustasi bo‘lib, oilamizni halol pokiza rizq bilan boqishimiz kerak.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kimki tilanchilik qilishdan saqlanish, oilasini boqish va qo‘ni-qo‘shnilariga muruvvat qilish maqsadida halol yo‘l orqali rizq topish bilan mashg‘ul bo‘lsa, qiyomat kunida u Alloh taologa yuzi to‘lin oydek yorug‘ bo‘lgan holda yo‘liqadi”. Bu hadisi sharif har birimizning dasturul amalimiz bo‘lishi zarur.

Halol mehnat kishini ulug‘laydi va jannatga yetaklaydi. Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Gunohlar ichida shundaylari borki, unga faqat halol rizq topish maqsadida qilingan harakatgina kafforat bo‘ladi”. Shunday ekan, kelajagimiz bo‘lmish jondan aziz farzandlarimizga halol kasb-hunar o‘rgatib, ularni hech qachon o‘zgalarning haqiga ko‘z tikmaydigan, vatani, xalqi, dini uchun jon fido qiladigan ruhda tarbiya qilmog‘imiz lozim.

Ashraf TOSHMURODOV,

Bulung‘ur tumanidagi “Poyga tepa” jome masjidi imom-xatibi

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

10.01.2025   439   1 min.
Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

 Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
 Agar u piri‌t (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!

Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:

وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا

"Ular: “Biz suyaklarga  va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).

Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.

Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?

Homidjon domla ISHMATBЕKOV