Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Muruvvatdan mamnun ona

29.12.2017   3472   1 min.
Muruvvatdan mamnun ona

Alloh taolo Qur’oni karimda: “Ne bir narsani infoq-ehson qilsangizlar, bas, (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur. U eng yaxshi Rizq berguvchidir” (Saba’ surasi, 39-oyat), deydi. Infoq-ehson qilmaslik va sadaqa ulashmaslik yoki mablag‘i kamayib qolishidan qo‘rqish Alloh haqida yomon gumon qilishdan yuzaga keladi.

Xalqimizdagi yaxshilik qilish, samimiylik, saxovatpesha insonlarning yetimparvar va kambag‘alparvarliklari bandalarga xos bo‘lgan sifatlardan biridir.

Poyoniga yetib borayotgan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilida otinoyilarimiz mahallalardagi ayollar bilan ularning og‘irini yengil qilish, dardlari va muammolarini tinglab yechimini topish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz qariyalar va nogironlarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ular imkon darajasida moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlandi.

Shayxontohur tumani Beltepa mavzesi, 4-uy, 43-xonadonda istiqomat qiluvchi 1979 yil tug‘ilgan Rahmonova Ozoda 2 nafar voyaga yetmagan nogiron farzandlari bilan boshpanasiz edi. Shayxontohur tumanida faoliyat yurituvchi otinoyilar muntazam ravishda Ozoda opa xonadoniga tashrif buyurib, suhbatlar o‘tkazib,  ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berib kelishgan.

Davlatimiz rahbarining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Rahmonova Ozoda opaga ham Sergeli tumanidan qurilgan yangi uylardan 2 xonali xonadon berildi. Ozoda opaning quvonchi cheksiz va prezidentimizning himmatidan juda minnatdor. Uylarni topshirish marosimiga otinoyilarimiz ham taklif qilindi. Marosim tantanali ravishda o‘tkazildi. Ozoda opaning mahzun kunlari guvohi bo‘lgan otinoyilarimiz uning bugungi xursandchiligini ko‘rib, Yaratganga shukronalar aytib, mamnun bo‘ldilar.

Dilbar OTABOYEVA,

Toshkent shahar bosh imom-xatibining

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan amaliy tadbir (videolavha)

10.01.2025   774   1 min.

 

Videolavhalar