Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Yanvar, 2025   |   20 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:45
Bismillah
20 Yanvar, 2025, 20 Rajab, 1446

Yangi uylar o‘z egalariga topshirildi

29.12.2017   4041   1 min.
Yangi uylar o‘z egalariga topshirildi

25 dekabr kuni Samarqand viloyatida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizning 92 nafariga barcha qulayliklarga ega zamonaviy uylar sovg‘a qilindi. Shundan Samarqand shahrida ana shunday fuqarolarning 33 nafariga uy berilgani ularga haqiqiy tuhfa bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligining matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Bunday tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida bo‘lib o‘tib, ehtiyojmand oilalarga arzon narxdagi uy-joylar topshirildi. Topshirish marosimlarida imom-xatiblar ham ishtirok etibmoqda.

 Xabarda ta’kidlanishicha, 2017 yil davomida Samarqand viloyatida jami 2 mingga yaqin namunaviy loyihalar asosidagi arzon uy-joylar barpo etilib, o‘z egalariga topshirilgan. Shular orasida 142 nafar kam ta’minlangan, yordamga muhtoj fuqarolarga uy-joylarning boshlang‘ich badal to‘lovlari homiylik mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan to‘lab berildi. 

Serfayz uylarga ko‘chib o‘tgan yurtdoshlarimizga yangi xonadon muborak bo‘lsin.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rasululloh ﷺning meroslari tarqatilmoqda

13.01.2025   10861   1 min.
Rasululloh ﷺning meroslari tarqatilmoqda

Maqolaning audio shakli

Sahobalar ichida eng zehni o‘tkiri Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: “Kunlardan birida bozorga bordim. Odamlarning mol-dunyo bilan ovora ekanliklarini ko‘rib ularga:

– Siz bu yerda savdo-sotiq bilan mashg‘ulsiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning meroslari tarqatilayotganidan xabaringiz yo‘qmi? – dedim. Savdogarlar qo‘llaridagi mollarini tashlab:

– Yo‘q, qayerda? – deb hovliqib so‘radilar.

– Falon masjidda, – deb javob berdim. Ular shoshib masjid tomon yugurib ketishdi.

Ammo birozdan so‘ng qaytib kelib:

– Nega bizni aldadingiz? Masjidda hech qanday meros tarqatilmayapti-ku? –deyishdi.

Men:

– Qanday qilib? Axir masjidda kimlarni ko‘rdingiz? – deb so‘radim.

Ular:

– Qur’on o‘qiyotgan qorilarni va hadis o‘rganayotgan tolibi ilmlarni, –deyishdi.

– Ana shu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning meroslaridir, – deb javob berdim.

“O‘zimdan so‘ng sizga ikki narsa qoldirdim, agar ularni mahkam tutsangiz hargiz adashmaysiz. Ular Allohning kitobi va Payg‘ambarning hadisidir”, degan sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavotu salomlar bo‘lsin”.

Davron NURMUHAMMAD