25 dekabr kuni Samarqand viloyatida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizning 92 nafariga barcha qulayliklarga ega zamonaviy uylar sovg‘a qilindi. Shundan Samarqand shahrida ana shunday fuqarolarning 33 nafariga uy berilgani ularga haqiqiy tuhfa bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligining matbuot xizmati ma’lum qiladi.
Bunday tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida bo‘lib o‘tib, ehtiyojmand oilalarga arzon narxdagi uy-joylar topshirildi. Topshirish marosimlarida imom-xatiblar ham ishtirok etibmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, 2017 yil davomida Samarqand viloyatida jami 2 mingga yaqin namunaviy loyihalar asosidagi arzon uy-joylar barpo etilib, o‘z egalariga topshirilgan. Shular orasida 142 nafar kam ta’minlangan, yordamga muhtoj fuqarolarga uy-joylarning boshlang‘ich badal to‘lovlari homiylik mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan to‘lab berildi.
Serfayz uylarga ko‘chib o‘tgan yurtdoshlarimizga yangi xonadon muborak bo‘lsin.
أُولَٰئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهْ
"Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash" (An’om surasi, 90-oyat).
Allohim! Sen buyurganingdek namozni ado qilolmayapman.
Dovudning ro‘zasidek ro‘za tutolmayapman.
Xasta bo‘lsam, Ayyubdek sabr-toqat qilolmayapman.
Yunus nahang ichra tasbeh aytgani kabi senga tasbeh aytolmayapman.
Yahyo kabi dinimda sobit turolmayapman.
Yusuf o‘z nomusini saqlagani kabi men ko‘zimni saqlay olmayapman.
"Boraveringlar, sizlar ozodsizlar" degan so‘zga ham loyiq emasman.
Ammo... ammo men ham ular kabi Seni yaxshi ko‘raman, yo Allohim!
Sharqoviy. "Qurondan maktublar".