2017 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligida yil yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bayramona ruhda tashkil etilgan tadbirda vakillik rahbariyati, xodimlari, ustoz domlalar, shahar va tuman bosh imomlari hamda yil davomida namuna ko‘rsatgan imom xatiblar ishtirok etdilar.
Dastlab yil davomida olib borilgan ishlar bo‘yicha hisobot o‘qib eshittirildi. Jumladan, aholi bilan olib borilgan o‘rganish ishlari, hal etilgan qator muammolar, imom xatiblar salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan “ma’naviyat soat”larining samaralari, FHDYO bo‘limlarida yosh oila quruvchilar bilan o‘tkazilib kelinayotgan uchrashuvlarning ijobiy natijalari va ushbu tajribaning O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan e’tirof etilganini ta’kidlandi, deb xabar beradi viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov.
O‘MI Matbuot xizmati