Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Aprel, 2025   |   2 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:53
Quyosh
05:22
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
30 Aprel, 2025, 2 Zulqa`da, 1446

Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarida 3 kun dam olinadi

29.12.2017   7923   1 min.
Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarida 3 kun dam olinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimchi ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini qo‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni davlat bayramlari davrida, qonunchilikda belgilangan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida fuqarolarga to‘liq va foydali dam olish uchun qo‘shimcha sharoitlarning yaratilishini ta’minlashga qaratilgan.

 

Shu maqsadda 2018 yilda Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlariga to‘g‘ri kelgan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar qonunchilikda belgilanmoqda, shuningdek, ayrim dam olish kunlari ushbu bayram sanalariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirilishi amalga oshirilmoqda.

 

Bundan tashqari, xalqimizning ma’naviy hayotida olijanoblik, minnatdorchilik, ezgulik, rahmdillik, hamjihatlik fazilatlari belgilanishida muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018 yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga qo‘chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. O‘zA bergan xabarda hayit kunlarining aniq sanasi aytib o‘tilmagan. Biroq Prezident farmonida 2018 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chirilishi belgilangan.  Ular:

 

25 avgust – shanba 23 avgust – payshanbaga;

 

26 avgust – yakshanba 24 avgust – jumaga ko‘chiriladi.

 

Ma’lumot uchun, 2018 yilda Ramazon hayiti 15 iyun sanasiga to‘g‘ri kelsa, Qurbon hayiti esa 22 avgust sanalariga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Insoniylik bebahodir

29.04.2025   2189   1 min.
Insoniylik bebahodir

Bir odamning qorni ochdi. U garchi iqtisodiy ahvoli yaxshi bo‘lmasa-da, bir tamaddixonaga kirib, taom buyurtma qildi. Buyurtma tayyor bo‘lgunga qadar derazadan tashqariga qarab o‘tirarkan, ellik yoshlardagi odam tez-tez tamaddixonaga qarab qo‘yayotgani, kirishga jazm qilolmay turganiga ko‘zi tushdi. O‘tgan ketganlar unga e’tibor bermas, u esa aftidan juda och qolgan edi. 
 

Shu payt buyurtma berilgan taom olib kelindi. U esa hech o‘ylanmasdan ovqatni olib, o‘zi och bo‘lsa-da, ko‘chadagi odamga olib chiqib berdi. So‘ng ortiga qaytib, hisobni berishlarini so‘radi. Holatni zimdan kuzatib turgan tamaddixona rahbari xizmatchiga bir qog‘oz berdi. Unda bunday so‘zlar yozilgan edi:

“Insoniylik bebahodir, sizday oliyjanob inson bizning tamaddixonaga kelganidan baxtiyormiz. Ruxsat bersangiz, siz bir miskinni mehmon qilganingiz kabi biz ham sizni mehmon qilsak”.


Xulosa shuki, Alloh taolo hech bir amalni zoye qilmas, bandasini bandasidan qarzdor holda qoldirmas, ehsonga ehson bilan javob qaytarar ekan.

Shunday ekan, imkonimiz borida boshqalarga yaxshilik qilib qolaylik.

Akbarshoh Rasulov

O'zbekiston yangiliklari