O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimchi ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini qo‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni davlat bayramlari davrida, qonunchilikda belgilangan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida fuqarolarga to‘liq va foydali dam olish uchun qo‘shimcha sharoitlarning yaratilishini ta’minlashga qaratilgan.
Shu maqsadda 2018 yilda Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlariga to‘g‘ri kelgan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar qonunchilikda belgilanmoqda, shuningdek, ayrim dam olish kunlari ushbu bayram sanalariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirilishi amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, xalqimizning ma’naviy hayotida olijanoblik, minnatdorchilik, ezgulik, rahmdillik, hamjihatlik fazilatlari belgilanishida muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018 yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga qo‘chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. O‘zA bergan xabarda hayit kunlarining aniq sanasi aytib o‘tilmagan. Biroq Prezident farmonida 2018 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chirilishi belgilangan. Ular:
25 avgust – shanba 23 avgust – payshanbaga;
26 avgust – yakshanba 24 avgust – jumaga ko‘chiriladi.
Ma’lumot uchun, 2018 yilda Ramazon hayiti 15 iyun sanasiga to‘g‘ri kelsa, Qurbon hayiti esa 22 avgust sanalariga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.
Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-noiblar uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda taraqqiyotimizning yangi davrida diniy sohada juda katta islohotlar amalga oshirilayotgani, o‘z navbatida imomlik sharafli va mas’uliyatli vazifa ekani, mahallalarda fuqarolar bilan muntazam ishlashlik va yot g‘oyalar ta’siriga berilmaslik, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan oqilona foydalanish, unda ayrim dinni niqob qilib olgan kimsalar tomonidan targ‘ib etilayotgan mazhabsizlik, radikalizm va boshqa ekstremistik g‘oyalardan o‘zimizni va farzandlarimizni himoyalash, oilalar mustahkamligini ta’minlash, bugungi kun imomi zamonga ziyraklik, teran fikr bilan qarashi, o‘zining ustida muntazam ishlashi va mo‘min-musulmonlarning ma’naviy-ma’rifiy sohada ehtiyojlarini qondirish uchun doimo izlanib, xizmat qilishlariga alohida o‘rg‘u berildi.
Uchrashuv mobaynida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Olimjon Jo‘rayev to‘g‘ri yo‘ldan adashganlar qismatini o‘z hayotiy misollari va yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi immunitetini shakillantirishning muhim jihatlari haqida ta’sirli suhbat qilib berdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati