2018 yilda 2 yanvar – seshanba, 20 mart – seshanba, 31 avgust – juma kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rasmiy sanalarni bayram qilish davrida qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash va 2018 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida keltirilgan.
Farmonga muvofiq, 2018 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chirildi:
6 yanvar - shanbadan 3 yanvar - chorshanbaga;
17 mart - shanbadan 19 mart - dushanbaga;
24 mart - shanbadan 22 mart - payshanbaga;
25 avgust - shanbadan 23 avgust - payshanbaga;
26 avgust - yakshanbadan 24 avgust - jumaga;
8 sentyabr - shanbadan 3 sentyabr - dushanbaga;
15 sentyabr - shanbadan 4 sentyabr - seshanbaga;
29 dekabr - shanbadan 31 dekabr - dushanbaga.
Manba: president.uz
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati