Toshkent shahridan 70 chaqirim uzoqlikda joylashgan ushbu majmua bir necha yerosti inshootlarini o‘z ichiga olgan. Ilk bor bu yerga kelib, uni o‘rgangan mashhur arxeolog M.Ye.Masson ushbu joyni “korxona”, ya’ni “ustaxona” deb atagan edi. Pavel Novikning yozishicha, hozirda bu yerni ko‘pchilik “Qorixona”, ya’ni Qur’on o‘qiladigan xona, deb atashni afzal ko‘radi.
Ushbu majmuaning paydo bo‘lish tarixini eshon Eshmat Xo‘jaxon, “ishton soldi” jamoasi yoki undan ham qadimgi oqim “chiroqo‘ch”larga (mash’alalarni o‘chiruvchilar) bog‘laydilar. Hatto ayrim tarixchilar uni qadimgi nasroniylar ibodatxonasi, degan taxminlarni ham ilgari surgan.
Ammo bu qadimiy makon juda ham ovloq joyda, asosiy yo‘llardan xiyla ichkarilikda joylashgani, hozirda ham bu yerga yetib kelish qiyinligi, odamni hayratga soladi.
M.Ye.Masson bu majmuaga ilk bor kelganini bunday ta’riflaydi: “Yo‘lak keng gumbaz shaklidagi “zal”ga olib kiradiki, u yaqin atrofdagi mahalliy aholi uchun juma namozlarini o‘qishga xizmat qilib kelgan. Uning bir tarafiga minbar o‘rnatilgan, boshqa tarafida esa Qur’on va boshqa diniy mazmundagi kitoblar uyum bo‘lib yotibdi”.
Bugun, 11 fevral kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahri «Said ibn Vaqqos» jome masjidida namunaviy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ullari, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, vakillik xodimlari, tuman bosh imom-xatibi va otinoyilari, shuningdek, otinoyilar, “Haj – 2024” ziyoratchilari, mahallalar raislari ishtirok etdi.
Mahallalarga chiqilib, muammoli beshtadan oila o‘rganildi.
Tumandagi masjidlarda peshin namozidan so‘ng namozxonlarga O‘MI raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov mav’izalar qilib berishdi.
So‘ngra imomlarning yo‘nalishga oid hisobotlari tinglanib, xayrli duolar bilan tashrif o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati