Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Fevral, 2025   |   13 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:22
Peshin
12:42
Asr
16:11
Shom
17:56
Xufton
19:10
Bismillah
12 Fevral, 2025, 13 Sha`bon, 1446

Yer ostidagi sirli ibodatxona

28.12.2017   6445   1 min.
Yer ostidagi sirli ibodatxona

Toshkent shahridan 70 chaqirim uzoqlikda joylashgan  ushbu majmua bir necha yerosti inshootlarini o‘z ichiga olgan. Ilk bor bu yerga kelib, uni o‘rgangan mashhur arxeolog M.Ye.Masson ushbu joyni  “korxona”, ya’ni “ustaxona” deb atagan edi. Pavel Novikning yozishicha, hozirda bu yerni ko‘pchilik “Qorixona”, ya’ni Qur’on o‘qiladigan xona, deb atashni afzal ko‘radi.

Ushbu majmuaning paydo bo‘lish tarixini eshon Eshmat Xo‘jaxon, “ishton soldi” jamoasi yoki undan ham qadimgi oqim “chiroqo‘ch”larga (mash’alalarni o‘chiruvchilar) bog‘laydilar. Hatto ayrim tarixchilar uni qadimgi nasroniylar ibodatxonasi, degan taxminlarni ham ilgari surgan.

Ammo bu qadimiy makon juda ham ovloq joyda, asosiy yo‘llardan xiyla ichkarilikda joylashgani, hozirda ham bu yerga yetib kelish qiyinligi, odamni hayratga soladi.

M.Ye.Masson bu majmuaga ilk bor kelganini bunday ta’riflaydi: “Yo‘lak keng  gumbaz shaklidagi “zal”ga olib kiradiki, u yaqin atrofdagi mahalliy aholi uchun juma namozlarini o‘qishga xizmat qilib kelgan. Uning bir tarafiga minbar o‘rnatilgan, boshqa tarafida esa Qur’on va boshqa diniy mazmundagi kitoblar uyum bo‘lib yotibdi”.

 

  

 

Фото Павла Новика.

 

Фото Павла Новика.

 

Фото Павла Новика.

 

Фото Павла Новика.

 

Фото Павла Новика.

Фото Павла Новика.

Фото Павла Новика.

Фото Павла Новика.

Фото Павла Новика.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bandam nima dedi?

11.02.2025   2695   2 min.
Bandam nima dedi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga quyidagilarni gapirib bergan ekan:

“Allohning bandalaridan bir banda: “Ya Robbi lakal hamdu kama yambag‘iy lijalali vajhika va aziymi sultonika”, deb (savob va gunohlarni yozib boradigan) ikki farishtani qiyin ahvolga solib qo‘ygan. U ikkisi qanday (ya’ni, nima deb) yozishni bilmay, osmonga ko‘tarildilarda Alloh taologa: “Yo Robimiz, bir bandang biz nima deb yozishni bilmaydigan bir gap  aytdi”, deyishdi. Alloh azza va jalla  bandasi nima deganini bilib tursada, “Bandam nima dedi?”, deya so‘radi. Ular: “Ey Parvardigor bandang “Ya Robbiy lakal hamdu kama yambag‘iy lijalali vajhika va aziymi sultonika dedi”, deyishdi. Shunda Alloh  ikki farishtaga: “Aytganidek holda yozinglar. Menga ro‘baro‘ kelganida uni mukofotini O‘zim beraman”, dedi (Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati).

U so‘zlarning ma’nosi: “Ey Robbim, Senga O‘zingni buyukliging va saltanatingni  ulug‘ligiga yarasha va munosib hamd bo‘lsin”.

Haqiqatda inson qo‘liga tasbeh olib, minglab hamd aytganida ham Alloh taolo bergan bittagina ne’matining shukrini ham ado etolmaydi. Holbuki, bizga berilgan ne’matlarning sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Qolaversa, hamd aytishning o‘zi ham bir ne’mat. Bitta hamd ayta olgan kishi mana shu baxtga muyassar qilgan Zot Alloh taologa yana shukr qilishi kerak. Chunki, Alloh taoloning rizqini yeb, Uni taniyolmay dahriy bo‘lib yurganlar qancha?! Shuning uchun hadisi sharifda kelgan so‘zlarni aytsa, eng oliy darajadagi hamdni aytgan bo‘ladi. Sababi, uning ma’nosi cheksiz hamdu sano bo‘lsin demakdir. Natijada hatto farishta ham havas qiladigan mukofotga erishadi. 

Alloh taolo barchamizni shunday maqomlarga munosib bandalaridan qilsin. Omiyn.                      

 

Bahodir Bahromjon o‘g‘li,
Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi.