Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2024   |   25 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:03
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2024, 25 Jumadul soni, 1446

Qur’onning rundi tilidagi ma’nolar tarjimasiga 8 yil ketdi

27.12.2017   5377   1 min.
Qur’onning rundi tilidagi ma’nolar tarjimasiga 8 yil ketdi

Bugungi kunda Qur’oni karim dunyoning 120 ga yaqin tillariga tarjima qilingan.

 

Shunday tarjimalardan biri, Qur’oni karimning Afrikaning noyob tillariga tarjima qilinishi bo‘ldi. Burundi davlat musulmon tashkiloti Qur’onning rundi tiliga tarjimasi yakunlanganini ma’lum qildi. Ushbu til Burundidagi ikki rasmiy tilning biri bo‘lib, mamlakatning  7 millionga yaqin aholisi ushbu tilda so‘zlashadi.

 

Britaniyaning The Muslim News sayti bergan xabarga ko‘ra, Qur’onning ushbu tildagi tarjimasi ilk bora amalga oshirilgan. Burundiga islom dini XIX asrda kirib kelgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddas qo‘lyozmaning tarjimasi ustida ishlar sakkiz yil davom etgan. Rundi tilida Burundidan tashqari Kongo, Tanzaniya va Uganda mamlakatlarida ham so‘zlashiladi.

 

Burundida umumiy aholining 10 foizga yaqini musulmonlar hisoblanadi.

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Alloh naqadar buyuk Zot!

25.12.2024   6959   1 min.
Alloh naqadar buyuk Zot!

Ikkita bir-biriga o‘xshash oyat, lekin Alloh taolo ularni ikki xil xulosa bilan yakunlagan:

وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا  إِنَّ الْإِنسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ (34)


"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, inson zulmkor va noshukrdir" (Ibrohim surasi, 34-oyat).

 وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا  إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ (18)


"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, Alloh mag‘firatli va marhamatlidir" (Nahl surasi, 18-oyat).

Birinchi oyatda: Insonning Allohga munosabati bilan tugatilgan!
Ikkinchi oyatda: Allohning bandaga munosabati bilan tugatilgan!

Alloh taolo naqadar buyuk Zot! Inson esa naqadar ojiz va nodon mavjudot.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV