Bugungi kunda Qur’oni karim dunyoning 120 ga yaqin tillariga tarjima qilingan.
Shunday tarjimalardan biri, Qur’oni karimning Afrikaning noyob tillariga tarjima qilinishi bo‘ldi. Burundi davlat musulmon tashkiloti Qur’onning rundi tiliga tarjimasi yakunlanganini ma’lum qildi. Ushbu til Burundidagi ikki rasmiy tilning biri bo‘lib, mamlakatning 7 millionga yaqin aholisi ushbu tilda so‘zlashadi.
Britaniyaning The Muslim News sayti bergan xabarga ko‘ra, Qur’onning ushbu tildagi tarjimasi ilk bora amalga oshirilgan. Burundiga islom dini XIX asrda kirib kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddas qo‘lyozmaning tarjimasi ustida ishlar sakkiz yil davom etgan. Rundi tilida Burundidan tashqari Kongo, Tanzaniya va Uganda mamlakatlarida ham so‘zlashiladi.
Burundida umumiy aholining 10 foizga yaqini musulmonlar hisoblanadi.
O‘MI Matbuot xizmati
O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi rolikda "Mahalla yettiligi" tarkibining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.
"Yettilik" quyidagilardan tarkib topgan: mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodim.