Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kuchli shamol bo‘lganda: “Allohumma inni asaluka xoyraha va xoyra ma fiyha va xoyra ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha, va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi”
(Alloh sendan bu shamolning va shamoldagi yaxshilikni va u bilan yuborgan narsalarning yaxshiligini so‘rayman va shamolning va shamoldagi yomonlikdan va u bilan birga yuborgan narsalaringni yomonligidan panoh so‘rayman), deb duo qilar edilar (Imom Muslim rivoyati).
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).