Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Fevral, 2025   |   12 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:04
Quyosh
07:23
Peshin
12:42
Asr
16:10
Shom
17:55
Xufton
19:09
Bismillah
11 Fevral, 2025, 12 Sha`bon, 1446

Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

27.12.2017   3898   2 min.
Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 26 dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Novo-Ogaryovo qarorgohida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib olgani ma’lum qilindi.

Suratga tushish marosimidan so‘ng MDH davlat rahbarlarining uchrashuvi boshlandi.

Vladimir Putin davlat rahbarlarini tashrifi bilan qutlab, Rossiyaning MDHga raisligi yakunlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Joriy yil o‘zaro integratsiyani mustahkamlash va tashkilot nufuzini oshirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib, tovar ayirboshlash hajmi sezilarli oshganini ta’kidladi. O‘zaro manfaatli hamkorlik a’zo davlatlarni uzviy bog‘lab turishi, ushbu uchrashuv aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlashini qayd etdi.

2018 yil Rossiyada bo‘ladigan voqealar muhim ahamiyatga ega ekani, Prezident saylovida Rossiya xalqi munosib nomzodga ovoz berajagi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqaga tahdid va xatarlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikda faol ishtirok etib kelmoqda. Mamlakatimizning ushbu tashkilotga a’zo davlatlar bilan turli sohalardagi aloqalari izchil rivojlanmoqda. Prezidentimiz shu yil 10-11 oktyabr kunlari Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi. 3 noyabr kuni poytaxtimizda Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlatimizning tashqi siyosatidagi ustuvorliklar ham aytib o‘tildi. Mamlakatimiz, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bilan aloqalarni yangi bosqichda davom ettirayotgani ta’kidlandi. “O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyili asosida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar mustahkamlandi. Bu Hamdo‘stlik doirasidagi aloqalar rivojida ham muhim o‘rin tutadi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ilm – nur, uni yoyish esa savobdir

10.02.2025   10717   1 min.
Ilm – nur, uni yoyish esa savobdir

Kitob hadya qilish – ilm tarqatish va xayrli amallarning eng go‘zal namunasidir.

Toshkent islom instituti Axborot-resurs markazi fondi yangi noyob asarlar bilan boyidi.

“Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi ustozlari tomonidan Abdulmajid Juzjoniyning “Al-Vajiz fi usulil hadis indal fuqohoil usuliyyin val muhaddisin” asaridan 50 dona hadya qilindi.  

Ushbu kitoblar talabalarning bilimlarini mustahkamlash va ilmiy saviyalarini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki asar Usulul hadis ilmini o‘rganishda bebaho manba hisoblanadi.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati