Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskva shahriga borishi haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuvda MDHda 2017 yildagi Rossiya raisligining yakunlari sarhisob qilinishi va turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyev, Armaniston yetakchisi Serj Sargsyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston yetakchisi Sooronbay Jeenbekov, Moldova rahbari Igor Dodon, Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon ishtirok etishi kutilmoqda.
Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov uchrashuvda qatnashmasligi Rossiya Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilingan edi.
Homidjon domla Ishmatbekov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari
Sayidjamol domla Masayitov, Habibulloh domla Jo‘raboyev,
Fatvo markazi ulamolari