Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Dekabr, 2024   |   29 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:48
Peshin
12:30
Asr
15:21
Shom
17:05
Xufton
18:25
Bismillah
29 Dekabr, 2024, 29 Jumadul soni, 1446

Ey farzand, ota-onangni yig‘latma!

26.12.2017   7614   2 min.
Ey farzand, ota-onangni yig‘latma!

Hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi. Ayniqsa ota-onaga qilingan isyon va ularga oqq bo‘lishning jazosi albatta muqarrardir. 
Abu Bakra roziyallohu anhu aytadilar: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Alloh O‘zi hohlagan gunohlarning (jazosini) hammasini qiyomat kunigacha kechiktiradi. Faqat ota-onaga oqq bo‘lishni emas. Albatta, Alloh taolo, uning sohibiga (jazosini) o‘limidan oldin hayotida tezlatadi”, deganlarini eshitdim”. (Imom Hokim rivoyati).
Demak, ota-onasiga oqq bo‘lib, ularga nonko‘rlik qilgan maxluq, oxiratda oladigani alamli azobu uqubatlardan tashqari shu dunyoning o‘zida ham qilmishiga yarasha jazolanmasdan qolmas ekan. Bunga ko‘pchiliklarimiz guvoh bo‘lganmiz.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu aytadilar: “Ota-onani yig‘latish oqq bo‘lish kabira gunohlardandir”. (Imom Buxoriy rivoyati).

Ota-onani xursand qilish qanchalar ulug‘ amal bo‘lsa, ularni xafa qilib ranjitish ham ulkan gunoh hisoblanadi. Farzand ularga itoatsizlik qilib, so‘zlariga quloq solmasa, imkoni bo‘la turib yaxshilik qilmay, ozor berib, yig‘latadigan bo‘lsa, bu ishi bilan Alloh taologa eng katta gunoh qilgan va ota-onasiga oqq bo‘lgan bo‘lar ekan. Demak, hadisdan ma’lum bo‘ladiki farzandlar ota-onalariga oqq bo‘lib qolishlari uchun, ularning, “oqq qildim”, deyishlari shart emasligi, balki qalban og‘rinishlarining o‘zi yetarli ekanini bilib olishlari lozim.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Burni yerga ishqalansin! Burni yerga ishqalansin! Burni yerga ishqalansin!”, dedilar. Aytildi: “Kim? Yo Rosululloh!”. U zot: “Kim ota-onasini keksalik paytlarida birlarini yoki ikkovlarini topsayu, so‘ng, jannatga kirmagan bo‘lsa”, dedilar”. (Imomi Muslim rivoyati).

Mazkur hadisi sharifdan ma’lumki ota-onaga xizmat qilish, ularga yaxshilik qilib e’zozlash, jannatga kirish uchun eng katta vosita ekan. Ularga oq bo‘lish, ozor berish, ularning haqlarini paymol qilish va itoat qilmaslik esa, do‘zaxga kirishdagi eng asosiy sabablardan biridir. Ojiz banda ota-onasining xizmatlarida ko‘p xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Shuning uchun, kimki ota-onasining ikkisini yoki birlarini keksaygan paytlarida ularning duo va roziliklarini topish uchun ularga chiroyli xizmat qilsin!  Bordiyu buning aksi bo‘lib, ularga ozor bersa, qarovsiz tashlab qo‘ysa va ular oldidagi farzandlik burchini bajarmasa do‘zaxga kirishga loyiq bo‘ladi. Ushbu hadisdagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning duolari unga tegib qolishi xavfi bor.

Shoir aytadi:

Ey o‘g‘il, haddingda tur! Otang seni sotganda ham.

Inchunun, mushfiq onangni so‘zlari botganda ham.

Shuning uchun ota-ona bilan muomala qilishda farzand xushyor bo‘lib, ularni ranjitib qo‘ymasligi kerak. Alloh taolo hammamizni ota-onaga oq bo‘lishdan saqlasin!

 

Tolibjon G‘OFUROV

tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

"Mahalla yettiligi"ning vazifalari nimalardan iborat?

26.12.2024   10434   1 min.

O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi rolikda "Mahalla yettiligi" tarkibining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.

"Yettilik" quyidagilardan tarkib topgan: mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodim.

Videolavhalar