Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 114, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 45, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 41, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 33, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan 46 nafar fuqaro deputat etib saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bu haqda 24 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari saylovining dastlabki natijalariga bag‘ishlab ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilingan edi.
279-saylov okrugida deputatlar saylandi. O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasiga asosan 51-saylov okrugida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Takroriy ovoz berish ikki hafta ichida qonun talablariga rioya etgan holda o‘tkaziladi.
Saylanganlarning 65 nafarini xotin-qizlar, 17 nafarini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi.
Iqtisodchilar 78 nafar, pedagoglar 55 nafar, muhandislar 45 nafar, shifokorlar 38 nafar, huquqshunoslar 22 nafar va boshqa kasb egalari 41 nafarni tashkil etadi.
"Makka bo‘lmaganida seni tashlab ketmas edim!!!"
Madina! Senga yillar talpingandik, sog‘ingandik, seni hajringdan ko‘z yoshlarimizni to‘kkandik. Seni sevmagan mo‘min bormi dunyoda, senga intilmagan muslim bormi dunyoda.
Seni goho tushlarimizda ko‘rardik, bu tushlardan hech-hech uyg‘ongimiz kelmasdi, seni nega yaxshi ko‘ramiz, seni nega yurakdan sevamiz!?
Chunki senda eng yaxshi ko‘rganimiz, suyukligimiz, sog‘inganimiz, seni sharaflantirgan Rasululloh alayhissalom borlar!
Chunki senda biz dunyoga kelmasimizdan turib bizni sog‘ingan, bizni yaxshi ko‘rgan Zot bordir.
Chunki senda, oxirga nafaslarida ham "ummatim, ummatim" deya g‘arib ummatlarini holidan tashvishlangan Zot bordir.
Yana senda, agar Rasululloh alayhissalom aytgan bo‘lsalar men hammasiga ishondim deya Siddiq maqomini topgan Zot bordir, Rasululloh alayhissalomni amakisi iymonga kelishini yaxshi ko‘rgan, Rasululloh sut ichganlarida chanqog‘i bosilgan Abu Bakr roziyallohu anhu bordir.
Yana senda, yurgan ko‘chasidan shayton qochgan, so‘zlarini Qur’on tasdiqlagan, "Umar xato gapirdi" deya olgan Amirul mo‘miniyn bordir.
Yana senda farishtalar hayo qilgan Zunnurayn Hazrati Usmon, vafoti Rasulullohni ko‘zlarini yoshlatgan o‘g‘li Ibrohim, qizlari Ummu Kulsum, Ruqayya, Fotima, Azvoju mutohharot onalarimizni va yana o‘n minga yaqin sahobani bag‘riga olgan Jannatul Baqe’ bordir.
Bizni yaxshi ko‘radigan, biz uni yaxshi ko‘radigan, Sayyidi shuhada Hazrati Hamzani bag‘riga olgan Uhud tog‘i bordir.
Yana senda, taqvo asosida barpo qilingan, unda o‘qilgan ikki rakaat namozga umrani savobi beriladigan Masjidil Qubo bordir.
Sendagi fazilatlarni sanasam tugamaydi. Senda sahobalarni izlari bordir, Rasulimizni hidlari bordir.
Allohga hamd bo‘lsinki, oshiq mahbubiga yetganidek seni visolingga yetdik, suyukligimiz jivoriga keldik, yaxshi ko‘rganlarimiz bo‘ylariga to‘ydik.
Sendan hech ketgim kelmaydi, Madina!
Chunki, “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimki Madinada vafot eta olsa, unda vafot etsin. Chunki, unda vafot etgan kishini shafoat qilaman” dedilar” (Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan Imom Termiziy rivoyati).
Madina! Makka bo‘lmaganida seni tashlab ketmas edim!!!
TII “Qur’on ilmlari” kafedrasi o‘qituvchisi Adham Yusupov