Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Qish – mo‘minning bahori ruknidan (6-maqola) Mo‘minning hayotida beg‘amlik bo‘lmaydi

23.12.2017   3984   4 min.
Qish – mo‘minning bahori ruknidan (6-maqola)  Mo‘minning hayotida beg‘amlik bo‘lmaydi

 

 Muso alayhissalomga Allohning huzuriga borishdan oldin o‘ttiz kecha ibodat qilish amr qilindi, so‘ngra bu qirq kechaga chiqarildi. Va Biz Muso bilan o‘ttiz kechaga va’dalashdik. Keyin esa buni o‘ni bilan to‘ldirdik. Shunda Parvardigoringiz belgilagan vaqt to‘la qirq kecha bo‘ldi (A’rof, 142)

Shu yo‘l bilan uning qalbi buyuk uchrashuvga tayyorlandi. Ayni shaklda Payg‘ambarimiz alayhissalomga ham nubuvvatning ilk yillarida nozil bo‘lgan Muzzammil surasida tunlarni ibodat bilan o‘tkazish haqida so‘z yuritilgan. Payg‘ambar alayhissalom va ilk musulmonlar bunga juda noziklik ila rioya etganlar. Ulamoning ta’kidlashicha, Islom kelgan kezlarda tungi ibodat musulmonlarga farz bo‘lgan – dastlabki yillarda nozil bo‘lgan – ayni suraning oxirgi oyatida esa musulmonlarga bu borada bir oz yengillik berilgan.

Mana bu bu oyatda Payg‘ambar alayhissalom va ummatlarining bu harakatlari maqtalgan:

“(Ey Muhammad!) Albatta, Rabbingiz Siz va Siz bilan birga bir toifa (sahobalaringiz) kechaning ikkisidan ozrog‘ida, ba’zida uning yarmida va (goho) uchdan birida (bedor bo‘lib, namozda) turishlaringizni bilur…” (Muzzammal, 20)

Boshqa oyati karimada esa kufrga botgan nopok kimsa bilan tunlarni ibodatda o‘tkazgan mo‘min qiyoslanadi:

“Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxirotdan qo‘rqadigan va Parvardigorining rahmatidan umid qiladigan kishi (bilan boshqalar barobarmi?!) (Zumar, 9).

Tungi ibodatning mo‘minning ma’naviy yuksalishida o‘ziga xos o‘rni bor. Uning ko‘ngil iqlimi bu soatda Rabbiga qulluq etish ila teran bir xushu va xuzuga g‘arq bo‘ladi. Chunki u shu soatda Rabbi bilan yolg‘iz qoladi. “Dunyoda bir g‘arib, bir yo‘lchi, qabr ahlidan biri kabi bo‘l” (Buxoriy, Termiziy rivoyati) adi,  hushuning siriga yetadi. Yo‘l qo‘ygan xatolarini afu etishini tilaydi va yangi  kunga yanada bir bandalik shuuri ila kiradi.

Tungi ibodat ichida zikr etilgan bir masala – namozning ortidan bo‘lsin, mustaqil bo‘lsin – Qur’oni karim tilovat qilmoqdir. Yana tungi ibodatga amr kelgan ilk oyatlarda, hazrati Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga Qur’oni karimni tartila ila o‘qish amr etilganidir (Muzzammil, 4)  

Tartila o‘qish – Qur’oni karim oyatlarining lafzlariga  sekin-asta urg‘u berib borib, harflarning maxrajlarini joyidan chiqarib, oyatlarning ma’nolarini taafkkur qilib, ruhiga joylab o‘qimoqdir. Shunday o‘qisa, mo‘min Qur’oni karimning barakotidan yanada ko‘p fayz oladi. Parvardigorimizning amrlarini yanada teranroq tushunadi. Zero, davomida:

Albatta, Siz kechasi (ibodat uchun bedor bo‘lib) turish faoliyat jihatidan og‘irroqdir, (lekin) so‘z (so‘zlash, qiroat qilish) jihatidan qulayroqdir”, deb amr etmoqilmoqda (Muzzammil, 6)

Shunday qilib, Payg‘ambarimiz alayhissalom Alloh taoloning bu amriga  rioya etib o‘qigani juda ko‘p xabarlarda keltirilgan. Xususan,

Shuningdek, Qur’onni tilovat qilishga ham (buyuurilgandirman)... (Naml, 92)

Oyatining tafsirida bunday deyiladi:

“Qur’oni karimning tilovati yoki uni anglash asnosida haqiqatlarning menga peshma-pesh ochilishi uchun tilovatda davom etishim  amr etildi. Chunki xuddi shunday tilovatda davom etishim, ilohiy fayz va muqaddas sirlar eshiklari ochilishiga sabab bo‘ladi”.

Xabarlarga ko‘ra, Payg‘ambar alayhissalom tun yarmida namoz ortidan qiroat qilayotib,

"Agar ularni azoblasang, albatta, ular (O‘z) bandalaringdir…" (Moida, 118)

Oyatini tongga qadar qayta-qayta o‘qigan ekanlar.

Bu – Nabiy alayhissalomning biz ummatlariga behad minnatdorchiligining birgina ifodasidir.

Ahli kitoblardan musulmon bo‘lib, tungi ibodatga e’tiborli bo‘lganlarning hollari quyidagicha ma’lum qilingandir:

Ularning hammasi barobar emas. Ahli kitoblar orasida tuni bilan sajda (ibodat) qiladigan, Allohning oyatlarini tilovat qilib chiqadigan to‘g‘ri jamoa ham bor” (Oli Imron, 113).

Alloh taolo imon keltirgan bu kishilarni maqtar ekan, ularning ham Allohning oyatlarini tilovat qilishlari hamda sajda etishlarini aytmoqda. Ya’ni ularning tahajjud vaqtidagi Qur’on o‘qishlari maqtovga loyiq topilgan.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizga o‘rgatgan jamiki amallar va ibodatlar bizning yanada ongli hayot kechirmog‘imiz, Rabbbimizni tanimog‘imiz uchundir. Allohni va Rasulini yanada yaxshiroq tanimog‘imiz, qalbimizda nish otayotgan muhabbatimiz barq urib rivojlanishi uchundir. Jumalar, ramazonlar, muborak kechalar… bularning hammasi savob ishlab olmog‘imiz uchun bizga bir marhamatdir. Mo‘minning hayotida beg‘amlik bo‘lmaydi. Mo‘min koinot muntazam harakatlanib, yangilanib turgani kabi harakatda bo‘ladi. Kunimizdagi qish fasli ham uning hayotida shunday g‘oyaga xizmat qiladi.

O‘MI matbuot xizmati

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

OITSdan saqlanishning oson-ishonchli yo‘li

10.01.2025   3596   4 min.
OITSdan saqlanishning oson-ishonchli yo‘li

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


"Alloh sizdan yengillatmoqni iroda qiladir. Va inson zaif yaratilgandir".

Insonni Alloh taoloning O‘zi yaratgan. U Zot O‘z bandasining xususiyatlarini yaxshi biladi. Shuning uchun ham insonga faqat Alloh taoloning ko‘rsatmalarigina to‘g‘ri kelishi mumkin. Ushbu oyatda Alloh taolo insonning zaif holda yaratilganini ta’kidlamoqda. Yaratuvchining O‘zi «zaif yaratilgan», deb turganidan keyin, shu zaif insonga yo‘l ko‘rsatishda U Zot og‘irlikni xohlarmidi? Yo‘q, U Zot yengillikni xohlaydi.

Islom shariati, umuman, yengillik ustiga bino qilingandir. Bu haqda ko‘plab oyat va hadislar bor. Hammasi o‘z o‘rnida bayon qilinadi. «Niso» surasining boshidan muolaja qilib kelinayotgan masalalar, xususan, erkak va ayol, oila, nikoh masalasiga kelsak, ushbu oyatda bu masalalarda ham Alloh O‘z bandalariga yengillikni istashi ta’kidlanmoqda. Zohiriy qaralganda, diniy ko‘rsatmalarni bajarish qiyin, shahvatga ergashganlarning yo‘llarida yurish osonga o‘xshaydi. Islomda hamma narsa man qilingan-u, faqat birgina yo‘lga ruxsat berilganga o‘xshaydi. «Nomahramga qarama», «U bilan yolg‘iz qolma», «Uylanmoqchi bo‘lsang, oldin ahlining roziligini ol», «Mahr ber», «Guvoh keltir» va hokazo. Hammasi qaydlash va qiyinchilikdan iborat bo‘lib tuyuladi. Shahvatga ergashganlar esa «Yoshligingda o‘ynab qol, gunoh nima qiladi», deyishadi. Bu esa sodda va oson ko‘rinadi. Haqiqatda esa unday emas. Natijaga qaraganimizda bu narsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Dunyo tarixini kuzatadigan bo‘lsak, oila masalasiga yengil qaragan, jinsiy shahvatga berilgan xalqlar, davlatlar va madaniyatlar inqirozga uchragan. Qadimiy buyuk imperiyalarning sharmandalarcha qulashining asosiy omillaridan biri ham shu bo‘lgan.

Bizning asrimizga kelib, G‘arbda, o‘zlarining ta’biri bilan aytganda, jinsiy inqilob bo‘ldi. Jins borasida olimlar yetishib chiqdilar. Ular «Jinsiy hurriyat bo‘lmaguncha, inson to‘liq hur bo‘la olmaydi. Agar jinsiy mayllar jilovlansa, insonda ruhiy tugun paydo bo‘lib, unda qo‘rqoqlik va boshqa salbiy sifatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi», kabi g‘oyalarni tarqatishdi. Oqibatda jinsiy inqilob avjiga chiqdi.

Natijasini – har xil balo-ofatlar buhronini hozir o‘zlari ko‘rib-tatib turishibdi. Axloqiy buzuqlik, oilaning va jamiyatning parchalanishi, hayotga qiziqishning yo‘qolishidan tashqari, son-sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan muammolar paydo bo‘ldi. Jinsiy inqilob oqibatida taraqqiy etgan g‘arb davlatlarining tub aholisi dahshatli sur’atda kamayib bormoqda. Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan tanosil kasalliklari kelib chiqdi, har yili son-sanoqsiz odamlar shu kasalliklardan o‘lmoqda. Nasl buzilib, odamlari zaifhol va kasalmand bo‘lib bormoqda. Turli aqliy va ruhiy kasalliklar urchidi. Oxiri kelib, kasalliklarga qarshi insondagi tabiiy monelikning yo‘qolishi (OITS) kasalligi paydo bo‘ldi. Bu kasallik haqli ravishda, XX asr vabosi deb nomlandi. Uning davosi yo‘q. Bu dardga chalinishning sababi zinodir. U bilan kasallangan odam tez muddatda o‘ladi. Hamma dahshatda. Bu dardga chalinmaslikning yo‘llari axtarilmoqda, bu yo‘lda behisob mablag‘lar sarflanmoqda, mazkur vaboga chalinmaslikning turli choralari taklif etilmoqda. Qonunlar chiqarilmoqda, idoralar ochilmoqda.

Lekin shahvatga ergashganlari sababli ular eng oson, eng ishonchli bitta yo‘l – Allohning yo‘liga qaytishni xayollariga ham keltirishmayapti. Aqalli ushbu dardning bevosita sababchisi bo‘lmish zinoni man etuvchi qonun chiqarishni hech kim o‘ylab ham ko‘rmayapti. Chunki shahvatga ergashganlar shahvatga qarshi chiqa olmaydilar. Ularning o‘zlari shahvatga banda bo‘lganlari uchun unga ergashganlar. O‘zlarini zohiriy yengil ko‘ringan ishga urib, endi og‘irlikdan boshlari chiqmay yuribdi. Zohiriy og‘ir ko‘ringan bo‘lsa ham, Alloh ko‘rsatgan yo‘lga yurgan bandalar boshida mazkur og‘irlik va mashaqqatlarning birortasi ham yo‘q. Ular mutlaq yengillikda, farovon turmush kechirmoqdalar.

"Tafsiri Hilol" kitobidan

Maqolalar