Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Yanvar, 2025   |   14 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:36
Shom
17:21
Xufton
18:39
Bismillah
14 Yanvar, 2025, 14 Rajab, 1446

Kimlar odam savdosi qurboniga aylanmoqda?

22.12.2017   3920   1 min.
Kimlar odam savdosi qurboniga aylanmoqda?

Yaxshi pul topish niyatida o‘zga yurtlarga borib, odamfurushlarning qo‘liga tushib qolganlarning ayanchli qismatlari haqida ko‘p eshitamiz. Biroq bunday holat men bilan yuz bermaydi, degan xayolga borib, o‘z haq-huquqini anglamagan fuqarolar hamon odam savdosi jabridan aziyat chekmoqda. Ushbu illatdan, ayniqsa, yoshlarni ogoh etish, odam savdosidek global muammodan asrash, ularga mehnat huquqini, xorijga borib ishlash qoidalarini tushuntirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida "Odam savdosiga qarshi kurashish barchaning vazifasi" mavzuidagi targ‘ibot tadbirida shular haqida so‘z yuritildi.
"Yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitetni shakllantirish oyligi" doirasida o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda yoshlarning huquq va erkinliklari himoya qilinib, jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi. Bu jinoyatning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonuni, Birinchi Prezidentimizning 2008 yil 8 iyuldagi "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Tadbirda mazkur illatga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning barcha davlat, nodavlat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, mahalla faollari hamkorligini mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
Yurtimizdagi o‘quv muassasalarida ushbu mavzuga doir o‘tkazilayotgan davra suhbatlari, seminarlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, odam savdosi haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

Go‘zal SATTOROVA,

O‘zA

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Rahbar va yoshlar muloqoti manfaatli bo‘ldi

13.01.2025   2943   1 min.
Rahbar va yoshlar muloqoti manfaatli bo‘ldi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov Toshkent islom instituti talaba- yoshlari bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvni institut rektori Uyg‘un G‘afurov ochib, mazkur tadbirning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.


Bu kabi muloqotlar barcha diniy ta’lim muassalarida tashkil etilib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida o‘tgan Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgani ta’kidlab o‘tildi.


Tadbirda Zayniddin Eshonqulov yoshlarga o‘zining hayotiy, ilmiy va kasbiy tajribalarini so‘zlab berdi. Ma’ruzada Diniy idora tizimidagi tashkilotlar va ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, faoliyat yo‘nalishlari va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi.


Zayniddin domla diniy-ma’rifiy faoliyatda ilm va ma’rifatning o‘rni, kadrlarning vatanparvarlik va axloqiy tarbiyasi va turli yot g‘oyalardan ma’naviy immunitetning shakllangani haqida o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi. 


Notiq o‘z so‘zi davomida talaba-yoshlarni sabr-toqat va qat’iy intizom bilan ilm olishga da’vat etdi. Shuningdek, ixlosli bo‘lish va ustozlarni ehtirom qilish muvaffaqiyat kaliti ekanini ta’kidladi.


Yetuk imom-xatib bo‘lish uchun doimiy ravishda o‘zi ustida ishlash hamda bilim va tajribalarini oshirib borishi lozimligi haqida qimmatli maslahatlar berdi.


Ana shunday tadbirlar yoshlarning ilm olishi va kelgusidagi kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishiga xizmat qiladi, rahbar xodimlar esa ular uchun hayotiy namuna bo‘ladi, inshoalloh.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Rahbar va yoshlar muloqoti manfaatli bo‘ldi Rahbar va yoshlar muloqoti manfaatli bo‘ldi Rahbar va yoshlar muloqoti manfaatli bo‘ldi