Hizbut-tahrirning “Islom aqidasi, siyosat ustiga qurilgan!”, degan gaplari islomga nisbatan bo'hton hisoblanadi. Islom aqidalarining barchasi yagona Alloh taologa ibodat qilish g'oyasini o'zida ifoda qiladi va uning aslo siyosatga aloqasi yo'q.
Yuqoridagi zikr qilingan islom aqidalari – Allohning yakka-yu yagona ekanligi, Uning hech bir yaralmishlarga o'xshamasligi, payg'ambarlar barhaqligi, farishtalarning borligi va ularning maxsus vazifalari, o'lgandan keyin qayta tirilish, qabr hayoti, qabrdagi farishtalar savol-javobi, jannat va do'zax kabi masalalarning siyosatga qanday aloqasi bor?!
Hizbchilar jar solayotgan xalifalik esa aslo aqidaviy masala emas. Bir ming to'rt yuz yillardan beri musulmon ummati va musulmonlarning ulamolari xalifalikni aqidaviy masala qilib olgan emas. Uni ahli sunnat va jamoatdan ayrilgan xavorijlar kabi firqalar aqidaga aylantirganlar, xolos. Hizbuttahrir esa xavorijlarning bugungi kundagi vorislari va aynan takror qiluvchilaridir.
Demak, shariat Qur'on va hadislardagi ma'no-mazmunni va undagi hukmlarni sahobalar, tobe'inlar, tab'a tobe'inlar va ulardan keyingi ahli sunnat va jamoat musulmonlarining ulamolari qanday tushungan va aytgan bo'lsa, shu xildadir. Undan o'zgasi gumrohlik va zalolat hisoblanadi.
Namangan shahri «Mulla Ismoil» masjidi imom xatibi Muhammadxon Abdurahmanov
Uydan faqirlikni quvishda Ixlos surasini o‘qish haqida
Sahl ibn Sa’d Su’adiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib faqirlik va yashash qiyinligidan shikoyat qildi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Uyingga kirsang, uyda biron kim bo‘lsa salom ber. Hech kim bo‘lmasa menga salovot ayt va “Qul huvallohu ahad”ni bir marta o‘qi”, dedilar.
U kishi shunday qilgandi, Alloh taolo unga mo‘l rizq ato etdi, rizqini ko‘payib berdi va hatto (orttirib) qo‘shnilariga ehson qila boshladi.
“Tafsiri Abul futuh” va “Mustadrok”dan