Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Rasululloh s.a.v.ning duolari

21.12.2017   11976   1 min.
Rasululloh s.a.v.ning duolari

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Alloh taoloning qabul etishiga ishongan holda duo qilinglar. Chunki U g‘aflatdagi qalb duosini qabul etmaydi”

 (Termiziy, Hokim rivoyati).

 

Yo Alloh, Sendan foydasiz ilm, qabulsiz amal va ijobatsiz duodan panoh tilayman

(Imom Ahmad, Bayhaqiy rivoyati).

 

 

“Yo Alloh, jismimni qanday chiroyli yaratgan bo‘lsang, xulqimni ham shunday chiroyli qilgin”           

(Imom Ahmad rivoyati)

 

 

“Yo Alloh, Sendan qashshoqlikdan, yetishmovchilikdan, xorlikdan, birovga zulm qilishdan yoki zulm qilinishdan panoh tilayman”

(Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Moja rivoyati).

 

 

Yo Alloh, Sendan g‘am-tashvishdan, xafalikdan, ojizlikdan, dangasalikdan, baxillikdan, qo‘rqoqlikdan, qarzdorlikdan va xorlikdan panoh tilayman

(Buxoriy, Muslim, Nasaiy rivoyati).

 

 

 

Yo Alloh, meni ilm bilan boyit, hilm bilan bezat, taqvo bilan mukarram et, xotirjamlik bilan go‘zal qil!”

(Ibn Najjor rivoyati).

 

 

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qilmishlari sababli musibatlar yetar

10.01.2025   1071   1 min.
Qilmishlari sababli musibatlar yetar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas» (Ra’d surasi, 31 - oyat).

Sharh: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar...».

Ya’ni, Allohning va’dasi  - qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musibatlar boshlariga tushib turadi. Bu musibatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.

«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar».

Yoki o‘sha mazkur es-hushni joyiga keltiruvchi musibatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. O‘sha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular o‘sha musibatlarni ko‘rib, va’z-nasihat olib, o‘zlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar. 

«Tafsiri Hilol» kitobidan

Maqolalar