Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Yanvar, 2025   |   22 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:43
Peshin
12:40
Asr
15:46
Shom
17:30
Xufton
18:47
Bismillah
22 Yanvar, 2025, 22 Rajab, 1446

Eng yolg‘on so‘zni bilasizmi?

20.12.2017   4675   1 min.
Eng yolg‘on so‘zni bilasizmi?

Go‘zal fazilatlardan biri boshqalar to‘g‘risida yomon gumondan saqlanishdir. Kishilar bir-birlariga nisbatan yaxshi o‘yda, ochiq yuzli bo‘lishlari lozim.

 Alloh taolo marhamat qiladi: “Ey mo‘minlar! Ko‘p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ba’zi gumon(lar) gunohdir...” (Hujurot surasi, 12-oyat mazmuni).

Rasululloh (alayhissalom) bunday deganlar: “Yomon gumon xato xulosa va qarorlar chiqarishga sababdir”.

Birovdan ayb va nuqson qidirib, uni oshkor etish gunoh. Yomon gumon bilan yig‘ilgan ma’lumotlarni Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) “Eng yolg‘on so‘z” deganlar.

Kishi doim Alloh taolodan yaxshilik umid qilib, Uning fazlini o‘ylashi kerak. Qudsiy hadisda: “Bandam men haqimda qanday o‘ylasa, Men  unga shunday  munosabatda bo‘laman”,  de­yilgan.

Mo‘min  kishi  boshqalarda yomon o‘y qoldiradigan ishlardan  ham saqlanishi lozim. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) e’tikofda bo‘lganlarida huzurlariga Sofiya onamiz (roziyallohu anho) keladi. Rasululloh (alayhissalom) uni qorong‘i tunda kuzatishga chiqqanlarida, u yerdan o‘tib ketayotgan bir guruh sahobalar salom berishadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ularga Sofiya onamizni (roziyallohu anho) ko‘rsatib: “Bu xotinim Sofiyadur”, deydilar. Sahobalar hayratga tushib: “Ey Allohning rasuli, bizni siz haqingizda yomon o‘ylashdan Alloh saqlasin”, deyishganida u zot: “Shayton odamning qon tomirlarida yuruvchidir, kim ham uning vasvasidan omonda bo‘lishi mumkin”, deydilar.

Ko‘p fitna-fasod inson ichidagi yomon o‘y-xayollar asosida paydo bo‘ladi. Demak, doimo to‘g‘ri fikrda bo‘lish va yaxshi niyat qilish lozim. Shunda qalb xotirjam tortadi, ko‘ngilni iliqlik egallaydi va har ish, har holatdan odam yaxshi ibrat oladigan bo‘ladi.

 

Zokirjon SHARIFOV,

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Ma’rifiy suhbatlar: Iymon halovati aqida musaffoligida

22.01.2025   1577   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov

VIDEO