Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Maktabgacha ta’lim muassasalari Prezident e’tiborida

20.12.2017   10420   3 min.
Maktabgacha ta’lim muassasalari Prezident e’tiborida

Kecha, 19 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, majlisda Shavkat Mirziyoyev keyingi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina bog‘chalarga qamrab olinganini ta’kidlagan.

 

Bog‘chalarda bolani ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, fizio-psixologik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish bo‘yicha ta’lim dasturlari joriy etilmagan. Qisqa qilib aytganda, bog‘chalar ta’lim muassasasi vazifasini bajarish o‘rniga ota-ona ishda bo‘lgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgan.

 

Ayrim mutasaddilarining sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ishlar vaqtida bajarilmayapti. Jumladan, har bir shahar va tumanda bittadan nodavlat bolalar bog‘chasini ochish borasidagi ko‘rsatkichlar rejadan orqada qolgan. Joylardagi bog‘chalarda qurilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagan.

 

Majlisda bolalar xavfsizligini ta’minlash uchun bog‘chalar hududini o‘rash, bog‘chalarda malakali tibbiy xizmatni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Shunday kamchiliklarni inobatga olib davlatimiz rahbari qator takliflarni ilgari surdi.

 

Xususan, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dastur asosida bog‘chalar qurish va rekonstruksiya qilish ishlari davom ettiriladi. 2018 yilda davlat budjetidan 427 bog‘chada qurilish-ta’mirlash ishlari uchun 771 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev aytganidek, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalar faol tashkil etiladi.

 

Bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatli bo‘lishini ta’minlash uchun bir bolani ovqatlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘ miqdori oshiriladi, har bir maktabgacha ta’lim muassasasiga fermer va tadbirkorlik subyektlarini biriktiriladi.

 

2018 yilda Janubiy Koreya tajribasi asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini uslubiy va didaktik o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

 

Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar bolalarga o‘qish va yozishni turli o‘yinlar orqali o‘rgatish, ularning zerikmasligi, bezor bo‘lmasligi, aksincha, bog‘chaga xursand bo‘lib boradigan bo‘lishiga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, bu dasturlarda yuqori malakali tarbiyachi va murabbiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini tabiiy ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.

 

Majlisda ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim sohasini takomillashtirish maqsadlariga xorijiy investitsiyalar keng jalb qilinadi va tizimga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bazasi tubdan takomillashtiriladi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Fuqarolar murojaati e’tibor markazida

8.01.2025   2342   1 min.
Fuqarolar murojaati e’tibor markazida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.


Bugun, 8 yanvar kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, haj-umra, oilaviy masalalar va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.


Jumladan, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Masjid va imomlar faoliyatiga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Idora bo‘limlariga tegishli vazifalar yuklandi.


Mana shunday samimiy qabul va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lishib, xayrli duolar qilishdi.


Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida