Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Bosh imom-xatib yordamchilari ham faollik ko‘rsatishmoqda

20.12.2017   4489   1 min.
Bosh imom-xatib yordamchilari ham faollik ko‘rsatishmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasining joylardagi vakillarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari tomonidan aholi o‘rtasida ijtimoiy va ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, jamiyatda ayollarning tutgan o‘rni va mavqei, ayollar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish bo‘yicha qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, o‘tib borayotgan hafta davomida Andijon viloyat bosh imom-xatibining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Saodatxon Rasulova boshchiligida Buloqboshi, Bo‘z, Ulug‘nor, Izboskan va Jalolquduq tumanlarida bir qancha tadbirlar tashkil etildi.

 

Har bir tumanga qilingan tashrif davomida, nafaqat aholi bilan uchrashish, ularni qiynayotgan savollarga javob berish, balki, tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan otinoyilarning 2017 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari ham tinglanmoqda.

 

Shuningdek, tuman aholisini qiynayotgan savol va murojaatlar, tumanlardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasida otinoyilarning o‘rni va vazifalari haqida atroflicha to‘xtalib, faoliyatlaridagi yutuq va kamchiliklar keng muhokama qilinmoqda.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Farzand tarbiyasiga oid 6 oyat

9.01.2025   1441   2 min.
Farzand tarbiyasiga oid 6 oyat

Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘illariga qilgan nasihatlari Qur’oni karimda keltiriladi.


Nasihatning eng birinchisi – shikrdan qaytarish.

“Ey, o‘g‘ilcham! Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk ulkan zulmdir” (Luqmon surasi, 13-oyat).

Shirk eng og‘ir zulm, eng qabih jaholat va eng katta gunoh sanaladi.


Nasihatning ikkinchisi – ota-onaning haqqini ado etish.

“Agar ular (ya’ni ota-onang) seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalarda) dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin” (Luqmon surasi, 15-oyat).

Ota-ona hatto mushrik bo‘lsalar-da, ularga qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik talab etiladi.


Nasihatning uchinchisi – Alloh oshkor maxfiy har bir narsa bilib turuvchi Zot.

“Ey, o‘g‘ilcham! Shubha yo‘qki, agar xantal (o‘simligining) urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo‘lsa, bas, u (amal) biror xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo‘lsa, o‘shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir” (Luqmon surasi, 16-oyat).


Nasihatning to‘rtinchisi – namoz, amri ma’ruf, nahyi munkar va sabr.

“Ey, o‘g‘ilcham! Namozni barkamol ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolar)ga sabr qil!...” (Luqmon surasi, 17-oyat).


Nasihatning beshinchisi – ochiq yuzli, shirin so‘zli, tavoze’li bo‘lish, kibrlanmaslik.

“Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin! Chunki Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas” (Luqmon surasi, 18-oyat).


Nasihatning oltinchisi – baqir-chaqir qilmaslik.

(Yurganingda) o‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin! Chunki ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir(Luqmon surasi, 19-oyat).

 

Davron NURMUHAMMAD