Birinchi tashrif: dolzarb masalalarni hal etishga doir ko‘rsatmalar
Davlatimiz rahbari o‘tgan yili 28 sentyabrda, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir lavozimida ishlab turgan kezlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo‘lib, ushbu mintaqalarning rivojlanishi bilan tanishgan edi.
O‘shanda Taxiatosh IESda bo‘lib, 230–280 MVt quvvatga ega ikki bug‘-gaz uskunalarining qurilishi bo‘yicha investitsion loyiha realizatsiyasini muhokama qilib bunday degan edi: "Bu loyiha amalga oshirilmasa, Qoraqalpog‘iston va Xorazm sanoatining rivojlanishi imkonsiz. Prezidentimiz (marhum Islom Karimov) bu qarorni 15–20 yillik istiqbollarni inobatga olgan holda, mintaqa kelajagi uchun, yoshlar bandligini ta’minlash uchun imzolagan. Ishni tezlashtirish – bizning burchimiz", degan edi.
Bundan tashqari, paxta dalalarini ko‘zdan kechirib, qishloq xo‘jaligi ishlari bilan tanishgan va Kegayli tumani fermerlari bilan suhbatlashgan, mintaqa eksport salohiyatini oshirish, qisqa muddatda hosilni yig‘ib olish, Uy-joy qurish, kommunal xizmatlar ishini takomillashtirish, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan zaruriy topshiriqlarni bergan edi...
Ikkinchi tashrif: muammolar yechimini topa boshladi
2017 yilning 20-21 yanvar kunlari Prezidentimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifida Qo‘ng‘irot tumaniga borib, Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq yo‘nalishi bo‘yicha toza ichimlik suvi quvurlari tortilishiga asos soldi. Bu o‘z navbatida Mo‘ynoq tumanida toza ichimlik suvi tanqisligi muammosining hal qilinishiga, tuman aholisining sog‘ligi yomonlashuvining oldi olinishiga, jigar, oshqozon va buyruq kasalliklariga barham berilishiga, shuningdek, tuman aholisi oldingiday toza ichimlik suvini uzoq joylardan tashib keltirmasdan turar joylariga ulangan suv tarmog‘idan ta’minlanishiga sharoit yaratdi.
Yurtboshimiz tashrifi davomida, Nukusda qurilayotgan polimer zavodi bilan tanishgan edi. Ushbu zavodda yiliga 8 ming tonna polietilen quvurlar va qadoqlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Nukus temiryo‘l vokzali bilan tanishib u yerda yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, taklif qilinayotgan xizmatlar sonini va xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirishni taklif qildi.
Uchinchi tashrif: g‘alvir suvdan ko‘tarildi, natijalar ijobiy
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 dekabr kuni Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari 20−21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular to‘la amalga oshirildi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 ta loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 mingta ish o‘rni tashkil etish imkonini berdi. Masalan, Qorao‘zak tumanidagi «Qoraqalpoq sement» korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus shahridagi «Texnik global» korxonasida «Samsung» brendi ostida yiliga 150 ming dona televizor, «Nukus polimer» korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen truba va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. To‘rtko‘l tumanidagi «Vegateks global» korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. Qoraqalpog‘istonliklar uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bo‘lgan ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib, qisqa vaqt davomida 101 kilometrlik «Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq» suv quvuri va «Qo‘ng‘irot» suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mo‘ynoq tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, investitsiya dasturiga muvofiq budjet mablag‘lari va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mavjud suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Shu tariqa 35 ta aholi punktida 50 mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta’minlangani bu boradagi ishlarning izchil davomi bo‘ldi. Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan yirik sport majmuasi bunyod etildi. “Imom Eshon Muhammad” jome masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Bunday o‘zgarishlar barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda ro‘y berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi, odamlar buni o‘z hayotlarida sezmoqda va kelajakka ishoch bilan qaramoqdalar.
Davlatimiz rahbari “Imom eshon Muhammad” jome masjidiga yana tashrif buyurib, bu yerda bajarilgan ishlar bilan tanishdi hamda nuroniylar va imom-xatiblar bilan suhbatlashdi. Mazkur tabarruk maskan ziyoratida Davlatimiz rahbariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hamrohlik qildilar. «O‘tmishda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ma’naviy merosini chuqur o‘rganish uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Aholi ziyorat qilib, chinakam ma’naviy oziq oladigan bunday ma’naviy-ma’rifiy maskanlarni yanada obod qilib, kelajak avlodlar uchun saqlashimiz kerak», dedi davlatimiz rahbari suhbatda. Suhbat asnosida juda ko‘p topshiriq va tavsiyalar berildi. Jumladan, Qur’oni karim musobaqasini juda ham yuqori darajada o‘tkazish, ayniqasa respublika bosqichiga alohida tayyorgarlik ko‘rish borasida zarur maslahatlarini berib o‘tdilar.
Ana shu uch tashrif vaqtining o‘ziga e’tibor qilgan kishi yurtboshimizning ushbu hududga kuz va qish vaqtida tashrif buyurganining hikmatini anglaydi. Chunki ushbu davrda respublika hududida qora sovuq hukmronlik qiladi. Prezidentimiz esa qoraqalpoq xalqining ana shu sovuqda qanday yashayotganidan xabar olishni niyat qilib boradi bu yurtga. Zotan, o‘zlarining ta’biri bilan aytganda, “Odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashni istaydi”. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, Prezidentimizning ana shu iborasi qanotli so‘zlar qatoridan o‘rin oladi va butun olam ahlining, har bir rahbar shaxsning shioriga aylanadi. Zero, bu – o‘z xalqini chin yurakdan sevgan, uning turmushi uchun astoydil qayg‘urgan kishining qalbidan kelgan so‘zlardir.
O‘MI matbuot xizmati
Hazrati Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida istig‘for aytishni ko‘paytiring. Chunki bu oyning har bir soatida do‘zaxdan ozodlik bor” (Daylamiy rivoyati. Al-Firdavs (81/1. 247).
أَسْتَغْفِرُ اللهَ
O‘qilishi: “Astag‘firulloh”.
أَسْتَغْفِرُ اللهَ وَأَتُوبُ
O‘qilishi: “Astag‘firulloha va atuubu ilayh”.
أَستغفِرُ اللهَ الَّذي لا إلَهَ إلَّا هو الحيُّ القيُّومُ وأَتوبُ إليه
O‘qilishi: “Astag‘firullohallaziy laa ilaha illaa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi”.
رَبِّ اغْفِرْ لِي وَتُبْ عَلَيَّ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ
O‘qilishi: “Robbig‘fir liy va tub ’alayya innaka antat tavvaabur rohiym”.
سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ
O‘qilishi: “Subhaanaka va bihamdika astag‘firuka va atuubu ilayk”.
سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ
O‘qilishi: “Subhaanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaha illaa anta astag‘firuka va atuubu ilayk”.
اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي
O‘qilishi: “Allohumma innaka afuvvun kariymun tuhibbul afva fa’fu ’anniy”.
أَللَّهُمَّ مَغْفِرَتُكَ أَوْسَعُ مِنْ ذُنُوبِي وَرَحْمَتُكَ أَرْجَى عِنْدِي مِنْ عَمَلِي
O‘qilishi: “Allohumma mag‘firotuka avsa’u min zunuubiy va rohmatuka arjaa ’indiy min ’amaliy”.
أسْتغفرالله ربي من كلّ ذنبٍ وأتوبُ إليه
O‘qilishi: “Astag‘firulloha Robbiy min kulli zanbin va atuubu ilayh”.
Davron NURMUHAMMAD