Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

Umrimizdan so‘ralamiz

19.12.2017   4420   2 min.
Umrimizdan so‘ralamiz

O‘tkinchi dunyo bu. Barchamiz mehmonmiz,   oxiratda   umrimizni qanday o‘tkazganimizdan so‘ralamiz.  Alloh taolo Takosur surasida marhamat qilib aytganidek, «So‘ngra, albatta, Ul kunda (oxiratda) ne’matlar haqida so‘ralursiz!»

Insonga ato etilgan ne’matlarning ulug‘i – vaqt va umr ne’matidir. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib dedilar: «Banda qiyomat kuni to‘rt narsadan so‘ralmaguncha, bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi.  Bu savollardan birinchisi, umrini nima bilan o‘tkazgani; ikkinchisi, yoshlik davrida nima bilan mashg‘ul bo‘lgani; uchinchisi, mol-dunyoni qay yo‘sinda topgani va nimalarga sarflagani; to‘rtinchisi, o‘rgangan ilmiga qanday amal qilganidir» (Bazzor va Tabaroniy rivoyat qilgan).

Mol-davlatini behad avaylaydigan inson aslida bebaho vaqtiga bundan-da e’tiborliroq bo‘lmog‘i, uni faqat xayrli o‘rinlarda, ezgu maqsadlarga ishlatmog‘i lozim.

Salafi solihlar vaqtga juda xaris edilar.   Chunki u zotlar vaqt qadrini yaxshi anglardilar.  Ulug‘ imomlar har bir vaqtni foydali ilm, yaxshi amal, nafsga qarshi kurash yoki boshqalarga foyda yetkazish bilan o‘tkazib oxirat g‘amini yerdilar.

Hasan Basriy rahmatullohu alayh aytadi: «Shunday zotlar bor ediki, sizlar dirham-dinorlaringizga haris bo‘lganingizdek, ular vaqtlariga shunday haris edilar». 

 Oilada bolalarga vaqftni to‘g‘ri taqsimlab berishda ota-onaning muhim o‘rni bor, albatta, agarda bolalarni vaqtdan unumli foydalantirsak ularning ilmini ziyoda qilib, kelajakda elu yurt koriga yaraydigan avlod qilib ulg‘aytiramiz, ishoalloh.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib, aytadilar:«Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil: keksalikdan oldin yoshlikni, betoblikdan oldin salomatlikni, faqirlikdan oldin boylikni, bandlikdan oldin bo‘sh vaqtingni, o‘limingdan oldin tiriklikni».

Aytadilarki, «bo‘sh vaqtini g‘animat bilmaydigan, undan unumli foydalana olmaydigan odam ish vaqtini ham g‘animat bilmaydi».

Muhtaram azizlar, bush vaqtni g‘animat bilib, kitob o‘qib, oilada farzandlar tarbiyasiga mustahkam bo‘lsak, inshoalloh, vaqtni g‘animat bilgan bo‘lamiz.

 

A.HABIBULLAYEV,

Sho‘rchi tuman bosh imom-xatibi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Vafotingdan keyin ham yasha

7.01.2025   2776   1 min.
Vafotingdan keyin ham yasha

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Insonlarning Allohga eng sevimlisi - ularga eng ko‘p foyda keltiruvchisidir”.

Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh aytdilar: “Haqiqiy inson o‘zgalarga shodlikda ham, qiyinchilikda ham vafo ila mudom yordam berganidir.

Insonlar orasida eng karamlisi – boshqalarning ehtiyojlarini qondirgan kishidir.

Ehson qo‘lini hojatmand kimsadan uzma. Zero, ma’lumdirki, kim insonlarning ehtiyojini qondirishda davom etsa, kunlar uning sharafini qayta-qayta tasdiqlaydi. Allohning senga bergan ushbu fazliga shukr qil. Zero, seni o‘zgalar uchun hojatbaror qildi, seni o‘zgalarga muhtoj etmadi.

Ko‘pchilik odamlar o‘tdilar, ammo ularning fazilatlari halizamon barhayot, yana kimlardir hayot, ammo ular odamlar orasida go‘yoki o‘lik kabi”.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV