Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2025   |   12 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2025, 12 Zulhijja, 1446

Sarhisob tanlovining Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

19.12.2017   3992   2 min.
Sarhisob tanlovining Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Yurtimizda di­niy-ma’rifiy sohada amalga oshiri­layotgan islohot­larni keng targ‘ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadr­lash, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oya­larini omma­lash­­ti­­rish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayot­gan yosh avlodni yot g‘oya­lardan himoya qilishda faollik ko‘rsatgan ijodkor­lar­ni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maq­sa­di­da «Sar­hisob» tan­lovi o‘tkazib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan 2017 yil 15 dekabr kuni Xorazm viloyati Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali anjumanlar saroyida ushbu tanlovning viloyat bosqichida 2017 yilning 1 yanvaridan 2017 yilning 1 noyabrgacha ma’naviy-ma’rifiy mavzularda gazeta va jurnallarda bosil­gan va internet tarmog‘ida e’lon qilingan maqolalar, radio orqali efirga uzatilgan eshittirishlar, televideniyedagi ko‘r­sa­­­tuvlar va tadbirlardagi ishtiroki bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Movarounnahr” nashriyoti direktori Abdul Jalil Xo‘jam, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili X. Abdullayev va bir qancha hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok qildi. G‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi:

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki bo‘yicha Urganch shahar “Miskin bobo” masjidi imom-xatibi Qo‘ziboy Masharipov;

Internetdagi maqolalar bo‘yicha Bog‘ot tuman bosh imom-xatibi, “Darvesh bobo” masjidi imom-xatibi Rashidbek Ernazarov;

Radio orqali chiqishlar bo‘yicha Urganch shahar “Imom Faxriddin ar-Roziy” O‘MIBYU mudir o‘rinbosari, Urganch tuman “Shayidlar bobo” masjidi imom-xatibi Muzaffar Avezov;

Televideniya orqali chiqishlar bo‘yicha  O‘MI Xorazm viloyati vakili o‘rinbosari, Urganch shahar “Oxun bobo” masjidi imom-xatibi Hasanboy Kenjayev g‘olib deb topildi.

Tadbir davomida bir qancha matbuot nashrlari jamoalari va xodimlari ham o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb e’lon qilindi. G‘oliblar maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho sov­­g‘alari bilan taqdirlandi.

 

Shuningdek, tadbirda “Movarounnahr” nashriyoti direktori Abdul Jalil Xo‘jam “Hidoyat” jurnali va “Islom nuri” gazetasiga obunani yaxshi tashkillashtirgan masjid imom-xatiblarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning tashakkurnomalari va “Movarounnahr” nashriyotining maxsus sovg‘alari bilan taqdirladi.

O‘MI Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Tuya qurbonlik qilishni istaysizmi?

06.06.2025   11970   1 min.
Tuya qurbonlik qilishni istaysizmi?

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.

So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi",
dedilar.