Turkiyaning Istanbul shahri yaqinida joylashgan Sanjaklar masjidi o‘zining noodatiy arxitektura yechimlari bilan ajralib turadi. Shu sababli ham 2012 yilda qurilgan ushbu inshoat 2013 yilda Jahon arxitektura festivalida “Yilning eng yaxshi dizayni” nominatsiyasi sohibi bo‘lgan edi.
Ushbu masjid Turkiyaning Emre Arolat Architects kompaniyasi tomonidan qurilgan bo‘lib, uning asosiy qismi yer ostida joylashgan.
700 kvadrat metr maydonli masjid tosh devorlar bilan barpo etilgan. Unda bir vaqtning o‘zida 650 nafar odam ibodat qilishi mumkin. Tahoratxonalar ham yer osti qismda joylshatirilgan.
Masjidning azon aytishga mo‘ljallangan minorasi ham noodatiy uslubda ishlangan.
Masjid ichida qoldirilgan tuynuk ichki tomonga quyosh nurining yaxshi tushishini ta’minlaydi. G‘orga o‘xshash masjid ibodat qilish va ko‘ngli xotirjamlik istaganlar uchun qulay qilib barpo etilgan.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Insonlarning Allohga eng sevimlisi - ularga eng ko‘p foyda keltiruvchisidir”.
Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh aytdilar: “Haqiqiy inson o‘zgalarga shodlikda ham, qiyinchilikda ham vafo ila mudom yordam berganidir.
Insonlar orasida eng karamlisi – boshqalarning ehtiyojlarini qondirgan kishidir.
Ehson qo‘lini hojatmand kimsadan uzma. Zero, ma’lumdirki, kim insonlarning ehtiyojini qondirishda davom etsa, kunlar uning sharafini qayta-qayta tasdiqlaydi. Allohning senga bergan ushbu fazliga shukr qil. Zero, seni o‘zgalar uchun hojatbaror qildi, seni o‘zgalarga muhtoj etmadi.
Ko‘pchilik odamlar o‘tdilar, ammo ularning fazilatlari halizamon barhayot, yana kimlardir hayot, ammo ular odamlar orasida go‘yoki o‘lik kabi”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV