Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2025   |   22 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
18 Iyun, 2025, 22 Zulhijja, 1446

Quvaytda O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi

19.12.2017   4371   2 min.
Quvaytda O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi

O‘zbekistonning turistik salohiyatini jahonga yoyish, sayyohlarning keng qatlamini O‘zbekistonga jalb etish maqsadida turli uchrashuvlar, muzokaralar tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Quvayt davlatida tashkil etildi.

17 dekabr kuni Al-Quvayt shahrida O‘zbekiston madaniyat kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Rasmiy ochilish marosimi soat 10.00da davlat madhiyalari va Qur’oni karim  tilovati bilan boshlandi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov ochdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonni madh etuvchi fotoko‘rgazmalar namoyishi Quvayt davlati markazidagi “Al-Advaniya” galereyasida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada asosan:

  1. O‘zbekiston – Islom ma’rifati va allomalar yurti;
  2. Xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlari namoyishi (xattotlik, yog‘och o‘ymakorligi, miniatyura, kandakorlik, kashtachilik, atlas va adras);
  3. O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati (15 turdagi maxsus buklet, videoroliklar namoyishi);
  4. O‘zbekiston tarixi va bugungi jadal taraqqiyotini yorqin aks ettiruvchi fotoko‘rgazmalar namoyishi o‘tkazildi.

Tadbirda Quvayt madaniyat, san’at va adabiyot milliy kengashi bosh kotibi Ali Husayn al-Yuha (vazir maqomida) va kengash vakillari, shuningdek, Quvaytdagi O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom A’loyev hamda elchixona xodimlari qatnashdilar.

Ko‘rgazmaning har bir bo‘limi, ayniqsa, xattotlik hamda xalq hunarmandchilik buyumlari, O‘zbekiston madaniy merosi tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Masalan, xattot Habibullo Solih mehmonlar ishtirokida O‘zbekistonda saqlanayotgan muborak Usmon Mus'hafining birinchi sahifasini (Fotiha surasi) xattotlik san’ati asosida yozib berdi, ushbu yozilgan san’at asarini esdalik sovg‘a sifatida Ali Husayn al-Yuhaga taqdim etdi.

Shuningdek, yog‘och o‘ymakorlik mahsulotlari namoyishida Lavh, uning maqsadi va undan foydalanish ishlari tadbirning har bir ishtirokchisini qiziqtirdi. Ali Husayn al-Yuha va ko‘p davlatlarning elchilari undan o‘zlari uchun tadbirdan esdalik sifatida oldilar.

Fotoko‘rgazmadan joy olgan har bir fotosurat mehmonlarning diqqatini o‘ziga jalb etdi, ayniqsa, Registon majmuasi va Ichan qal’a ishtirokchilarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini keskin oshirdi.

Tadbir davomida o‘zbek san’at ustalarining mashhur milliy kuylari jonli ijro etildi. Ayniqsa, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov g‘ijjakdagi yuksak mahorat bilan ijro etgan musiqaga barcha shaydo bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ahli sunna val jamoa so‘zining ma’nosi nima? | Qoraqalpoqcha

17.06.2025   4613   1 min.

 

Nukus shahridagi Muhammad Beruniy madrasasi o‘qituvchisi Nizamatdinov Yesengeldi