Avvalroq, O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyada ziyorat turizmi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etayotgani haqida ma’lumot bergan edik.
Delegatsiyamiz a’zolari endilikda Indoneziya Respublikasiga tashrif buyurdilar. Ushbu mamlakatda ham ziyorat turizmi sohasida uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning dastlabkisi naqshbandiya tariqati namoyondalari bilan bo‘lib o‘tdi.
Indoneziyadagi naqshbandiya tariqatining xolidiya shoxobchasi shayxi Irfoiy va Qasrul Orifon madrasasi ustozlari bilan O‘zbekistondagi 12 silsilatul aliyya ziyoratini tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.
O‘MI Matbuot xizmati
#xabar #haj2025 #statistika
Saudiya Arabistoni Podshohligi statistika Bosh boshqarmasi haj amallarini bajarish uchun kelgan ziyoratchilar sonini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Bu yil 1 million 673 ming 230 nafar kishi haj amalini ado etgan. Shundan mahalliy ziyoratchilar soni 166 ming 654 nafar.
Hojilarning 877 841 nafari erkak, 795 389 nafari esa ayollardir.
Ziyoratchilarning kelishi yo‘llari:
Havo yo‘llari orqali: 1 435 017 kishi.
Quruqlik chegara orqali: 66 465 kishi.
Dengiz yo‘li orqali: 5 094 kishi.
Eslatib o‘tamiz bu yil yurtimizdan 15 ming nafar fuqaro haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi. So‘nggi 8 yil mobaynida 75 ming nafar kishi haj ibodatini qilishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati