Davlatimiz rahbari joriy yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonga qilgan safarlari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida bo‘lib, bu yerda imom-xatiblar malakasini oshirish o‘quv markazi, yotoqxonasi va kutubxona, masjid hududini obodonlashtirish va atrofiga devor qurish, nonvoyxona tashkil qilish, hovuz, favvora va boshqa qulayliklarni barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edilar.
Bu yerda o‘tgan 11 oy davomida keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarildi. Masjid ma’muriy binosining birinchi qavatida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘istondagi vakilligi idorasi joylashgan bo‘lib, uning barcha xonalari qayta ta’mirdan chiqarildi. Ikkinchi qavvatida axborot-resurs markazi, 2 kutubxona tashkil etildi. Issiq pol qurildi, eshiklari yangisiga almashtirildi. Namoz o‘qiydigan maskan rekonstruksiya qilinib, gumbaz qayta ishlandi. Masjid yonidan minora, hovuz, novvoyxona, avtomobillar uchun to‘xtash joyi va boshqa qulayliklar bunyod etildi. Manzarali daraxt va gullar ekildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Nukus shahriga tashrif doirasida ushbu hashamatli masjidga tashrif buyurdilar. Prezidentimizga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hamrohlik qildilar.
Davlatimiz rahbari nuroniylar va imom-xatiblar bilan suhbatlashdi.
O‘tmishda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ma’naviy merosini chuqur o‘rganish uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Aholi ziyorat qilib, chinakam ma’naviy ozuqa oladigan bunday ma’naviy-ma’rifiy maskanlarni yanada obod qilib, kelajak avlodlar uchun saqlashimiz kerak, dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Ushbu masjid ma’muriy binosining birinchi qavatida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘istondagi vakilligi idorasi joylashgan bo‘lib, uning barcha xonalari qayta ta’mirdan chiqarildi.
Shuningdek, masjid yonida 128 o‘rinli imom-xatiblar malakasini oshirish o‘quv markazi tashkil etilib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.
Savol: Birinchi rakat tugab, sajdadan ikkinchi rakatga turayotganda bir-ikki soniya o‘tirib, keyin turish sunnat deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Buni fiqhiy kitoblarimizda "Jalsai istiroha" ya’ni, "orom olib o‘tirish" deb nomlanadi. Bundan birinchi va uchinchi rakatlar oxirida sajdadan keyin qiyomga turishdan oldin bir oz o‘tirib olish tushuniladi va bu amal hanafiy mazhabida makruh amal sanaladi ("Al-Lubob sharhul kitob").
Abu Hurayra roziyallohu anhudan Payg‘ambarimiz alayhissalom namozda bevosita qadamlarining old qismiga tayangan holllarida (ya’ni, yerga suyanmay va o‘tirmagan holda) turishlari rivoyat qilgan. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.