Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Fevral, 2025   |   13 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:22
Peshin
12:42
Asr
16:11
Shom
17:56
Xufton
19:10
Bismillah
12 Fevral, 2025, 13 Sha`bon, 1446

Har ishda me’yor bo‘lsin

16.12.2017   4592   1 min.
Har ishda me’yor bo‘lsin

Me’yor – o‘rtacha yo‘lni tutish, mo‘tadillik demak. Har sohada, har bir mavzuda o‘rta yo‘lni tutish marg‘ub sanaladi. Hatto yaxshi, savobli ishni bajarishda ham me’yor shart. Alloh taolo marhamat qiladi: “Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (tutgan yo‘llari) buning o‘rtasida – mo‘tadildir” (Furqon, 67).

Namoz – dinning ustuni, ro‘za – imon qalqoni. Ammo bu ibodatlarni bajarishning ham me’yori bor. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Alloh ajr berishdan charchamaydi, lekin siz zerikib qolasiz, shuning uchun o‘rtahol ibodat qiling, degan mazmunda o‘git beradilar. U zot yana ifrotga ham, tafritga ham ketib qolishdan qaytaradilar. Ya’ni, o‘ta beparvo ham bo‘lib qolmang, tarkidunyochilikka ham berilib ketmang, deb ogohlantiradilar.

Hadisi shariflarda aytilishicha, Alloh yo‘lida bir kishi bilan do‘st tutinish boshqa soya bo‘lmaydigan Kunda Arshning soyasidan joy olishga sabab bo‘ladi.

Ammo yana shu hadislarda mazkur xususda ham o‘rtacha yo‘l tutish – do‘stni me’yorida yaxshi ko‘rish bilan birga dushmanni yomon ko‘rishda ham chegaradan oshmaslik kerakligi nasihat qilinadi. Doimo ishlarning o‘rtachasi yaxshi ekani uqtiriladi.

Bularning barchasidan xulosa chiqarsak, o‘rtachalik – inson tabiatiga mos,

xilqatiga xos xislat. Aynan, u bilan dunyoning nizomi, jamiyat intizomi barqaror bo‘ladi. Me’yordan og‘ishmasak, e’tiqodimizu amallarimiz Kitob va sunnatga mos bo‘ladi. O‘tmish solih ajdodlarimiz tutgan yo‘l ham shu aslida.

O‘MI matbuot xizmati

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Qor yog‘ganda o‘qiladigan duo

12.02.2025   1353   1 min.
Qor yog‘ganda o‘qiladigan duo

Bismillahir Rohmanir Rohiym

اللَّهُمَّ اغْسِلْ خَطَايَاىَ بِمَاءِ الثَّلْجِ وَالْبَرَدِ وَنَقِّ قَلْبِي مِنَ الْخَطَايَا كَمَا نَقَّيْتَ الثَّوْبَ الأَبْيَضَ مِنَ الدَّنَسِ 

O‘qilishi: Allohummag‘sil xatoyaayaa bimais-salji val baradi va naqqi qolbiy minal xatoyaa kama naqqoytas savbal abyazo minad danasi.

Tarjimasi: Allohim xatolarimni qor va do‘l suvi bilan yuvgin, oppoq libosni kirlardan tozalaganingdek qalbimni ham (gunohlardan) pokla (Imom Buxoriy rivoyati).