Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy – Robi’ul avval oyi munosabati bilan islom dunyosida, xususan yurtimizda Sarvari olam sollallohu alayhi vasallamning ulug‘ nasablari, pok fitratlari, ibrat va hikmat to‘la muborak hayotlarini tarannum etguvchi mavlidi sharif o‘qilishi ezgu an’anaga aylangan.
Bir oy davomida Juma namozlarida poytaxtimiz masjidlarida ham Imom Ja’far Barzanjiy rahmatullohi alayh tomonidan Nabiy alayhissalom tug‘ilishlari, hayot yo‘llari, ahloqlari to‘g‘risida bitilgan, xalq orasida mashhur bo‘lgan “Mavlidi sharif” va o‘zbek tilidagi salovoti shariflar o‘qiladi.
Ertaga, nasib bo‘lsa, 15.12.2017 sanasida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Juma namozi oldidan Mavlidi sharif o‘qiladi:
Uchtepa tumani:
1.“Aziz ota” jome masjidi. (Uchtepa tumani, Uchtepa ko‘chasi 54-uy. Tel.:+998 71 247 76 16)
2.“Mahkam ota” jome masjidi. (Uchtepa tumani, Bayroq-Durbek ko‘cha, 14a-uy. Tel.:+998 71 247 97 29)Yunusobod tumani:
3.“Omina” jome masjidi. (Yunusobod tumani, Obod mahallasi, O‘rtasaroy ko‘chasi 30 uy. Tel. :+998 71 289 00 91)
Shayxontohur tumani
4.“Sulton hoji” jome masjidi. (Shayxontohur tumani, Shofayzi mahallasi, Uchqo‘rg‘on 1-tor ko‘chasi 2-uy)
Chilonzor tumani
5.“Bo‘rijar” jome masjidi. (Chilonzor tumani, “Bo‘rijar” mahallasi, Al Xorazmiy ko‘chasi, 63-uy. Tel: +998 71 216 36 70, +998 71 216 82 60)
6.“Ko‘zi ojizlar” jome masjidi. (Chilonzor tumani, Cho‘pon ota ko‘chasi, 28a-uy. Tel: +998 71 273 49 79)Yashnobod tumani
7.“Imom A’zam” jome masjidi. (Yashnobod tumani Visol ko‘chasi, 90A uy. Telefon: +998 71 283 00 48)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam madh etilgan, salovot aytilgan davralarga nur yog‘iladi, qalblar Ul muborak zotning ismlari, muborak siyratlari bilan hushbo‘y mushk taratadi. Bu onda duolar mustajob bo‘ladi. Fursatni boy bermang azizlar, Mavlidi shariflarga marhabo!
O‘MI matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV