Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Yanvar, 2025   |   15 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:37
Shom
17:22
Xufton
18:40
Bismillah
15 Yanvar, 2025, 15 Rajab, 1446

Toshkent shahridagi 15 Dekabr kuni Mavlidi sharif o‘qiladigan masjidlar

14.12.2017   2259   2 min.
Toshkent shahridagi 15 Dekabr kuni Mavlidi sharif o‘qiladigan masjidlar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy – Robi’ul avval oyi munosabati bilan islom dunyosida, xususan yurtimizda Sarvari olam sollallohu alayhi vasallamning ulug‘ nasablari, pok fitratlari, ibrat va hikmat to‘la muborak hayotlarini tarannum etguvchi mavlidi sharif o‘qilishi ezgu an’anaga aylangan.

Bir oy davomida Juma namozlarida poytaxtimiz masjidlarida ham Imom Ja’far Barzanjiy rahmatullohi alayh tomonidan Nabiy alayhissalom tug‘ilishlari, hayot yo‘llari, ahloqlari to‘g‘risida bitilgan, xalq orasida mashhur bo‘lgan “Mavlidi sharif” va o‘zbek tilidagi salovoti shariflar o‘qiladi.

Ertaga, nasib bo‘lsa, 15.12.2017 sanasida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Juma namozi oldidan  Mavlidi sharif o‘qiladi:

Uchtepa tumani:

1.“Aziz ota” jome masjidi. (Uchtepa tumani, Uchtepa ko‘chasi 54-uy.  Tel.:+998 71 247 76 16)
2.“Mahkam ota” jome masjidi. (Uchtepa tumani, Bayroq-Durbek ko‘cha, 14a-uy.  Tel.:+998 71 247 97 29)

Yunusobod tumani:

3.“Omina” jome masjidi. (Yunusobod tumani, Obod mahallasi, O‘rtasaroy ko‘chasi 30 uy.  Tel. :+998 71 289 00 91)

 

Shayxontohur tumani

4.“Sulton hoji” jome masjidi. (Shayxontohur tumani, Shofayzi mahallasi, Uchqo‘rg‘on 1-tor ko‘chasi 2-uy)

Chilonzor tumani

5.“Bo‘rijar” jome masjidi. (Chilonzor tumani, “Bo‘rijar” mahallasi, Al Xorazmiy ko‘chasi, 63-uy. Tel: +998 71 216 36 70,   +998 71 216 82 60)
6.“Ko‘zi ojizlar” jome masjidi. (Chilonzor tumani, Cho‘pon ota ko‘chasi, 28a-uy.  Tel: +998 71 273 49 79)

Yashnobod tumani

7.“Imom A’zam” jome masjidi. (Yashnobod tumani Visol ko‘chasi, 90A uy. Telefon: +998 71 283 00 48)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam madh etilgan, salovot aytilgan davralarga nur yog‘iladi, qalblar Ul muborak zotning ismlari, muborak siyratlari bilan hushbo‘y mushk taratadi. Bu onda duolar mustajob bo‘ladi. Fursatni boy bermang azizlar, Mavlidi shariflarga marhabo!

O‘MI matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rasululloh ﷺning meroslari tarqatilmoqda

13.01.2025   8397   1 min.
Rasululloh ﷺning meroslari tarqatilmoqda

Maqolaning audio shakli

Sahobalar ichida eng zehni o‘tkiri Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: “Kunlardan birida bozorga bordim. Odamlarning mol-dunyo bilan ovora ekanliklarini ko‘rib ularga:

– Siz bu yerda savdo-sotiq bilan mashg‘ulsiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning meroslari tarqatilayotganidan xabaringiz yo‘qmi? – dedim. Savdogarlar qo‘llaridagi mollarini tashlab:

– Yo‘q, qayerda? – deb hovliqib so‘radilar.

– Falon masjidda, – deb javob berdim. Ular shoshib masjid tomon yugurib ketishdi.

Ammo birozdan so‘ng qaytib kelib:

– Nega bizni aldadingiz? Masjidda hech qanday meros tarqatilmayapti-ku? –deyishdi.

Men:

– Qanday qilib? Axir masjidda kimlarni ko‘rdingiz? – deb so‘radim.

Ular:

– Qur’on o‘qiyotgan qorilarni va hadis o‘rganayotgan tolibi ilmlarni, –deyishdi.

– Ana shu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning meroslaridir, – deb javob berdim.

“O‘zimdan so‘ng sizga ikki narsa qoldirdim, agar ularni mahkam tutsangiz hargiz adashmaysiz. Ular Allohning kitobi va Payg‘ambarning hadisidir”, degan sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavotu salomlar bo‘lsin”.

Davron NURMUHAMMAD