Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Boshni fido ayla ato qoshig‘a

14.12.2017   11752   2 min.
Boshni fido ayla ato qoshig‘a

Oila qasri, asosan, ota-ona, er-xotin va farzandlardan iborat bo‘ladi. Ularning o‘rtalaridagi munosabatlarga ham alohida e’tibor bilan yondashiladi. Ayniqsa, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi aloqalar juda muhim bo‘lib, o‘g‘il-qizlarning o‘zaro ota-onalari zimmasida muayyan haqlari bo‘lgani kabi ota-onaning ham farzandlari zimmasida bir muncha haqlari borki, ularni tez-tez eslab hayotda dastur qilib olishimiz bizlar uchun yorug‘lik, ezgulik keltiradi. Shu ma’noda hayotda yorug‘ kunlarda yashashni orzu qilgan har bir farzand Navoiy bobomizning quyidagi baytlariga goho-goho nazar tashlasin.

 

Boshni fido ayla ato qoshig‘a!

Jismni qil sadqa ano boshig‘a!

 

Tunu-kununga aylagali nur fosh!

Birisin oy ayla, birisin quyosh!

 

Ista ato yo‘lida fido jon qilmoq,

Qulluq anog‘a imkon qilmoq,

 

Zuhri adab istasang farovon qilmoq,

Bil ani ato-anog‘a ehson qilmoq.

 

Farzand ato qullug‘in chu odat qilg‘ay,

Ul odat ila kasbi saodat qilg‘ay,

 

Har kimki, atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay

O‘g‘lidan anga bu ish siroyat qilg‘ay

 

Haqiqatan ham, ota-ona o‘z farzandlarini boqib, voyaga yetkazar ekan, ularga turmush kechirishning yo‘l-yo‘riqlarini, kasb-hunarlarini o‘rgatadi. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degandek, farzandlar ham ota-ona bag‘rida o‘sib-ulg‘ayar ekanlar, ularning yurish-turishidan,  gap-so‘zidan, hatti-harakatidan, kasbu-koridan ibrat olib, tajriba va hunar orttirib, “ko‘zlari pishib” boradi.

Shunga ko‘ra, bizning tug‘ilib, es-hushimizni tanishimizda, voyaga yetib, bilim va kasb egallashimizda, insoniy fazilatlar va yaxshi xulk sohibi bo‘lib yetishishimizda, hullasi jamiyatga munosib komil insonlar qatoridan joy olishimizda ota-onaning buyuk hissasi borligini xech kim inkor qila olmaydi.

Darhaqiqat, ota-onamiz bizning dunyoga kelishimizga sababchi bo‘ladi, voyaga yetishimizda ularning sa’y-harakatlari beqiyosdir. Alloh taolo barchalarimizni farzandlik burchini to‘la ado etishimizni, ota-onalarini rozi qilib, Uning rizoligiga erishuvimizni nasib etsin.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Iymon bayoni

10.01.2025   1514   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov

VIDEO