Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447

Dunyodagi eng qadimiy 14 masjid

13.12.2017   12947   7 min.
Dunyodagi eng qadimiy 14 masjid

“Masjidul Harom”. Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan eng mo‘tabar va ulkan hamda musulmonlar ibodat qilishlari uchun barpo etilgan ilk masjiddir. Abu Zarr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yer yuzida qurilgan ilk masjid qaysi?” deb so‘radim. “Masjidul Harom”, deya javob berdilar. “Keyin qaysi biri?” dedim. “Masjidul Aqso”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Mazkur masjidda qon to‘kish va boshqa gunoh ishlar harom qilingani bois shunday nom bilan atalgan. Masjidning to‘qqizta minorasi (har birining balandligi 95 metr), to‘rtta bosh darvozasi, qirq bitta eshigi bor. O‘n bitta yurarzinalar orqali masjidning ikkinchi va uchinchi qavatlariga chiqiladi.

 “Masjidul Aqso”. “Uzoqdagi masjid” ma’nosini anglatuvchi mazkur jome Quddusi sharifda, Sulaymon alayhissalom tomonlaridan qurilgan. Islomdan ilgari arablar, keyin musulmonlar unga qibla sifatida yuzlanib ibodat qilishgan. Hijratning ikkinchi yilida Qur’oni karim hukmi bilan musulmonlar qibla sifatida Makkadagi Ka’baga qarab namoz o‘qiy boshlashgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Faqat ushbu uch masjid sari qasd qilib yo‘lga chiqiladi: Masjidul Harom, mening masjidim va Masjidul Aqso”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).   

Qubo masjidi. Islom tarixida ilk qurilgan masjid.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qubo masjidi qiblasi poydevoriga asos solganlar. Masjid qurilib bitkazilgach, jamoat bilan namoz o‘qishni boshlab berganlar. Qubo masjidi Madinai munavvaraning janubiy-g‘arbiy qismida, harami nabaviydan 3–5 km. uzoqlikda joylashgan.

Qubo masjidi hijriy 435 yilida Abu Ya’lo Husayniy, hijriy 555 yilida Jamoliddin Isfahoniy tomonidan yangiladi. hijriy 877 yilida Qubo masjidi minorasi qulab tushdi, hijriy 881 yilida Sulton Qaytboy Masjidi Nabaviyni ta’mirlagan paytida, Qubo masjidi minorasini ham yangiladi. Ma’lum qilinishicha, Usmoniylar hukmdori Sulton Mahmudxon hijriy 1240 yilida Qubo masjidini qaytadan ta’mirladi. Shuningdek, jomeda Usmoniylar hukmronligi tomonidan bir qancha ta’mirlash ishlari olib borildi. 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimki uyida tahorat olib, Qubo masjidiga borsa va unda ikki rakat namoz o‘qisa, umra qilganning ajrini oladi”, deganlar.

Masjidun Nabaviy”. Saudiya Arabistonining Madina shahrida joylashgan.  Masjid o‘rnini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘n dinorga sotib olganlar va masjid qurilishida sahobalarga bosh bo‘lib, shaxsan o‘zlari ishtirok etganlar. Masjid binosi xom g‘ishtdan, shifti xurmo shoxi, ustunlari esa xurmo yog‘ochidan bino qilingan. Yomg‘ir yog‘sa shiftdan suv o‘tib, sajda qilgan odamning peshonasi loy bo‘lar edi. Jome keyinchalik hazrat Umar va Usmon roziyallohu anhum hamda keyingi xalifa, podshohlar tomonidan bir necha bor ta’mirlanib, kengaytirilgan.

Masjidning bir yuz besh metrli ikkita, yetmish besh metrli to‘rtta minorasi, 400dan ortiq ustuni, 6800 ta qandili, ziyoratchilarni quyoshning jazirama nurlaridan to‘sib turuvchi ochilib-yopiladigan katta soyabonlari majmuaning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Kunduzi quyosh nuridan majmua qum rangida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabrlari joylashgan hujra gumbazi esa yashil rangda tovlanadi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ushbu masjiddagi namoz undan boshqalardagi mingta namozdan afzaldir. Masjidul Harom bundan mustasno”, dedilar.

 

“Qiblatayn” masjidi. Hijratning ikkinchi yili, rajab oyining o‘rtalari, dushanba kuni edi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Bani Salama yurtida peshin namozini jamoat bilan Quddusga qarab o‘qiyotgan edilar. Namoz ichida qiblaning o‘zgargani haqida vahiy keldi. Ikkinchi rakat oxirlab qolgan edi. Musulmonlarga Makkadan Masjidi Haramga tomon qarash amri tushdi. Rasuli akram o‘sha zahotiyoq yuzlarini Quddusdan Ka’baga tomon burdilar. Jamoat ham saf bo‘lib birga burildi.

Yangi qibla tomon burilib, uchinchi va to‘rtinchi rakatlarni Masjidi Haramga qarab o‘qib, namozni tugatdilar. Shu sababdan Bani Salama masjidi ikki qiblali masjid ma’nosida “Masjidul Qiblatayn” degan nom oldi.

“Chiraman juma” jome masjidi (Hindiston). Hijriy 629 yil Molik ibn Dinor roziyallohu anhu tomonlaridan barpo etilgan. Molik ibn Dinor roziyallohu anhu Hindistonga kelgan ilk musulmonlardan hisoblanadi. 

 

 “Xuayshen” jome masjidi (Xitoy). Hijriy 630 yil Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu tomonlaridan bunyod etilgan. 1695 yil qayta qurilgan.

 “Kufa” jome masjidi (Iroq). VII asrda qurilgan. 2010 yil qayta ta’mirlangan.

 “Uqba” jome masjidi (Tunis). Shuningdek, “Qayruan” jome masjidi nomi bilan ham mashhur. Tahminan hijriy 670 yili Uqba ibn Nafiy roziyallohu anhu tomonlaridan barpo etilgan. Masjidning minorasi bugungi kungacha yetib kelgan dunyodagi eng qadimiy  minoralardan hisoblanadi.

“Aleppo” jome masjidi (Suriya). Umaviylar hukmronligi davrida VIII asrda bunyod etilgan. 2003 yil masjid hovlisi va minorasi ta’mirlangan.

“Umaviylar” jome masjidi (Suriya). Hijriy 715 yil qurilgan.

“Zaytuna” jome masjidi (Tunis). Hijriy 731 yil barpo etilgan. Mazkur jome huzurida eng qadimiy Islom universitetlaridan biri ham joylashgan. Oliygohda dunyoning turli burchaklaridan talabalar kelib tahsil olishgan. 

“Sina” jome masjidi (Xitoy). Hijriy 742 yil qurilgan. Masjid Xitoy me’morchiligi asosida qad ko‘targan. Bir necha marta qayta ta’mirlangan.

“Juma” jome masjidi (Ozarboyjon). Hijriy 743 Abu Muslim rahmatullohi alayh tomonidan bunyod etilgan. 


 Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari

14.07.2025   3449   2 min.
Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari

Islomning barcha – beshala ruknini ham bajargan odam chinakam saodatlidir. Ayniqsa, hojilik – alohida mas’uliyat talab etadigan maqom. Bu yil yurtimizdan 15 mingdan ziyodroq fuqaro ana shunday sharafga ega bo‘ldi.

Bu yil yurtimizdan hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklarida yurtga qaytgach, «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» degan ezgu tashabbusni ilgari surgan edilar.

Bugun, 14 iyul kuni poytaxtimizdagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi majlislar zalida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, imom noiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdulvosid Xomitjonov, «Nuroniy« jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi Rustam Kalonov, Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Furqatxo‘ja Mahmudxo‘jayev, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ishtirok etdi.

– Hojilarga katta ishonch bildirib, ular ma’naviyat targ‘ibotchilaridir, – deydi DIQ raisi birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov. – Hadisi sharifda: “Insonlarning Alloh taologa eng seviklisi odamlarga ko‘p manfaati yetkazadiganidir” (Imom Tabaroniy rivoyati), deyilgan. Shunday ekan, har bir hojiga o‘z hududidagi imom-xatib ko‘makchi bo‘lib, mahallama-mahalla yurib, aholiga, ayniqsa, yoshlarga pandu nasihatlar qilishlari zarur. Chunki hojilarning so‘zlari ta’sirchan bo‘ladi. Farzandlarimizning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda ularning xizmatidan foydalanishimiz kerak. Hojilarimizning sa’y-harakatlari bilan xalqimizning ma’naviyati, ma’rifati yanada oshadi.

Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali hojilarimiz jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lmoqdalar.

Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari
O'zbekiston yangiliklari