Joriy yilning 12 dekabr kuni Uchtepa tumani “Ayollar maslahat markazi”da Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilarning diniy, ma’naviy-ma’rifiy bilim salohiyatlarini oshirish maqsadida “Buyuk mazhabboshi – Imomi A’zam” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etilgan ushubu senminarda Toshkent shahar hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning mus’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda bugungi kunda dunyo musulmonlarining aksariyati Hanafiy mazhabiga ergashishi, ushbu mazhabning zamon va makonga moslashuvchanligi, shar’iy qoidalarning ishonchli va puxtaligi haqida ma’lumotlar berildi.
Shahar otinoyilari tomonidan Imomi A’zam rahmatullohi alayhning bolaliklari, ustozlari, shogirdlari va asarlari hadislar va ma’ruzalar asosida yoritib berildi.
Shuningdek, o‘quv seminarida otinoyilar doimo o‘z ustida ishlab, bilim salohiyatini oshirib borishi, bunda hozirgi kunda yurtimiz ulamolari tomonidan chop etilayotgan kitoblardan foydalanishi hamda diniy idora tashabbusi bilan internetda aqoid, tajvid, tafsir, hadis, fiqh fanlaridan olib borilayotgan onlayn darslarini kuzatib borishlari tavsiya qilindi.
Tadbir davomida jamiyatimizdagi ayrim: mushkulkushod, bibiseshanba kabi bid’at-xurofotlarning oldini olish bo‘yicha ham kerakli tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
matbuot xizmati
Payariq tumanida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tashabbusi bilan shahar va tuman imom-xatiblari, iqtidorli imomlar hamda 65 nafar hojilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xalq bilan, keng jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan fikrlar bildirildi. Bu bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilari hududdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir, bemor va nogironligi bor oilalar yashaydigan xonadonlarga borishdi. Ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tomonidan 50 ta nogironi bor ana shunday oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuningdek, viloyatda diniy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘lida faol ishtirok etib kelayogan besh nafar amaliyotchi moddiy jihatdan rag‘batlantirildi.
Vaqf.uz