Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Otinoyilar uchun muhim seminar o‘tkazildi

12.12.2017   8198   1 min.
Otinoyilar uchun muhim seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 12 dekabr kuni Uchtepa tumani “Ayollar maslahat markazi”da Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilarning diniy, ma’naviy-ma’rifiy bilim salohiyatlarini oshirish maqsadida “Buyuk mazhabboshi – Imomi A’zam” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va  O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etilgan ushubu senminarda Toshkent shahar hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning mus’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda bugungi kunda dunyo musulmonlarining aksariyati Hanafiy mazhabiga ergashishi, ushbu mazhabning zamon va makonga moslashuvchanligi, shar’iy qoidalarning ishonchli va puxtaligi haqida ma’lumotlar berildi.

Shahar otinoyilari tomonidan Imomi A’zam rahmatullohi alayhning bolaliklari, ustozlari, shogirdlari va asarlari hadislar va ma’ruzalar asosida yoritib berildi.

Shuningdek, o‘quv seminarida otinoyilar doimo o‘z ustida ishlab, bilim salohiyatini oshirib borishi, bunda hozirgi kunda yurtimiz ulamolari tomonidan chop etilayotgan kitoblardan foydalanishi hamda diniy idora tashabbusi bilan internetda aqoid, tajvid, tafsir, hadis, fiqh fanlaridan olib borilayotgan onlayn darslarini kuzatib borishlari tavsiya qilindi.

Tadbir davomida jamiyatimizdagi ayrim: mushkulkushod, bibiseshanba kabi bid’at-xurofotlarning oldini olish bo‘yicha ham kerakli tavsiyalar berildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Jannatdagi daryo

07.05.2025   675   1 min.
Jannatdagi daryo

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kavsar jannatdagi daryo bo‘lib, uning ikki qirg‘og‘i oltindan, o‘zani duru yoqutdan, tuprog‘i miskdan xushbo‘y, suvi asaldan shirin va qordan oqdir. Kim undan ichsa, abadiy chanqamaydi" (Imom Termiziy rivoyati).