Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Yangi masjid ish boshladi

12.12.2017   8712   1 min.
Yangi masjid ish boshladi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paygani haqida oldinroq xabar bergan edik. Mazkur xabarda  tumandagi “Tolli ota” jome masjidi Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan mazkur masjid ish boshlashi to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi.

O‘tgan juma, 8 dekabr kuni esa aynan shu  “Tolli ota” jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu mo‘jazgina jome O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yillik to‘yiga munosib to‘yona bo‘ldi. Shu munosabat  bilan masjidda shukrona dasturxoni yozildi. Ushbu tadbirda diniy idora masjidlar bo‘limi mas’ul xodimi Is'hoqjon domla Begmatov, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar domla Sayfiddinov, viloyatdagi mutasaddilar va ko‘plab namozxonlar ishtirok etishdi.

 

Tadbir bayramona kayfiyatda o‘tdi. Unda Is'hoqjon domla Begmatov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini qo‘shaloq  xursandchiliklar, ya’ni Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 25 yillik to‘yi va “Tolli ota” jome masjidi ochilishi bilan tabriklab, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining masjid qavmiga salom va tabriklarini yetkazdi.

 

Shundan so‘ng barcha juma namozini o‘qish uchun masjid xonaqosiga taklif etildi. Juma namozidan keyin duoga qo‘l ochilib, mana shunday buyuk ne’matlar ila yurtimizni, xalqimizni siylayotgan Yaratgan Parvardigorga hamdu sano aytilib, yurtimizda bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlar asoschisi bo‘lmish Davlatimiz rahbari, ularning yonlarida diniy sohada suyanchiq va ko‘makchi bo‘lib turgan muftiy hazratlari, mehnatkash xalqimiz va mo‘min-musulmonlarimiz haqiga duolar qilindi.

Yana bir bor yangi masjid muborak bo‘lsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar

“Subhanalloh” nima degani?

21.07.2025   9122   1 min.
“Subhanalloh” nima degani?

حدثنا أبو جعفر محمد بن علي الوراق نا عبيد الله بن محمد أبو محمد القرشي التيمي نا عبد الرحمن بن حماد نا حفص بن سليمان أنا طلحة بن يحيى بن طلحة عن أبيه عن طلحة بن عبيد الله قال: سألت رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم عن تفسير سبحان الله قال: فقال: هو تنزيه الله عن كل سوء.

 

Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamdan “Subhanalloh”ning tafsiri haqida so‘radim. U zot alayhissalom: “U Alloh taoloni har qanday nopoklikdan poklashdir”, dedilar”.

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD