Sayt test holatida ishlamoqda!
09 May, 2025   |   11 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:38
Quyosh
05:11
Peshin
12:24
Asr
17:21
Shom
19:32
Xufton
20:58
Bismillah
09 May, 2025, 11 Zulqa`da, 1446

Talaba yoshlar bilan uchrashuv

06.12.2017   4955   2 min.
Talaba yoshlar bilan uchrashuv

Joriy yilning 6 dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishdan himoyalash hamda diniy bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Bobomurod Rustamov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri Rahimberdi domla Rahmonov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbirda bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan kattadan-katta islohotlar, bunyodkorlik ishlari va diniy sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, tinchlikka raxna soluvchi yot g‘oyalarni ilgari surayotgan terrorchi tashkilotlarning faoliyatlarii haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Ma’lumki, islom dini hamisha insonlarni poklikka, ezgulikka, yaxshilik qilishga chaqiradi. Zulm‑zo‘rlik, tajovuzkorlik, buzg‘unchilik kabi salbiy illatlar islom diniga mutlaqo yot bo‘lgan tushunchalardir.  Ammo, afsuski, islom dinidan, umuman, dindan ba’zi insonlar ma’naviy takomilida emas, balki o‘z manfaatlari, maqsadlari yo‘lida foydalanayotganligi achinarli holdir. Eng yomoni,  yangicha ko‘rinishdagi din niqobi ostida yuzaga kelayotgan turli guruh va tashkilotlar tomonidan ko‘plab xunrezliklarning amalga oshirilishi hamda bu muammo dunyo miqyosida siyosiy ko‘rinish tusini olayotganligi tinch davlatlarni tashvishlantirmay qolmayapti. Bu o‘rinda, insonlarni ma’naviy yetuklikka boshlovchi islom dinining ezgu g‘oyalari manfur kimsalarning quroliga aylanayotganligini ko‘rish mumkin. Shunday ekan, ongu tafakkuri hali shakllanib ulgurmagan yoshlarni bunday zararli, buzg‘unchi g‘oyalardan faqatgina ma’rifat orqaligina himoyalashimiz lozim. Bu borada, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “… muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda”, deb bejiz ta’kidlamagan edi. Tadbir davomida ana shu masalalar borasida talaba yoshlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi

07.05.2025   2627   1 min.
“Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi

Xabar berganimizdek, bugun Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” intellektual bellashuvining Respublika bosqichi boshlandi.


Musobaqada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalaridagi saralashdan o‘tgan talabalar ishtirok etmoqda.


Tadbir Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.


Bellashuv Imom Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va uni targ‘ib qilishga qaratilgan. Ishtirokchilar moturidiylik ta’limotining asosiy qoidalari va aqidaviy yechimlari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyon etishmoqda.


Bu musobaqa — ilm, ma’rifat va sof e’tiqodni mustahkamlovchi muhim voqelik!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Buxoro viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

“Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi
O'zbekiston yangiliklari