Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2025   |   24 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:32
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:42
Bismillah
18 Avgust, 2025, 24 Safar, 1447

Shavkat Mirziyoyev: Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishidan hammadan ko‘ra ko‘proq O‘zbekiston manfaatdor

05.12.2017   7430   1 min.
Shavkat Mirziyoyev: Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishidan hammadan ko‘ra ko‘proq O‘zbekiston manfaatdor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Ko‘ksaroy qarorgohidagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Afg‘oniston Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti imzolangani haqida O‘zbekiston Prezidentining rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolangan.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzish, Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam, Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Mozori Sharif – Shibirg‘on – Maymana – Hirot temir yo‘lini barpo etish, yuk tashish, bojxona sohasidagi aloqalar to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, tashrif doirasida umumiy qiymati 500 million dollardan ziyod bo‘lgan 40 dan ortiq eksport shartnomasi imzolandi. Bug‘doy, qora metall prokati, mineral o‘g‘itlar, qurilish mollari, dukkakli va boshqa mahsulotlar eksporti bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilgani ma’lum qilindi.

Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda bo‘lib o‘tgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “Biz Afg‘onistonning yaqin qo‘shnisi sifatida bu jafokash zaminda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishidan hammadan ko‘ra ko‘proq manfaatdor ekanimizni yana bir bor ta’kidlayman” degan fikrlarni bildirdilar.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim

14.08.2025   7160   1 min.
100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim

#Sayyor_yig‘ilish

Shu yil 12 avgust kuni Yangi hayot tumanidagi «Niyozmat ota» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib borgan yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi mas’ul xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari, ulamolar, otinoyilar hamda «Haj 2025»da hajga borgan hoji otalar va hoji onalar ishtirok etishdi.

Dastlab Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kun davomida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami, Ishchi guruh a’zolari hamda imom-xatiblar hamkorligining muhim jihatlari xususida yig‘ilganlarga tushunchalar berdilar.

Shundan so‘ng tumandagi barcha masjidlar imom-xatiblari hojilar bilan birgalikda hududdagi mahallalarga chiqib, yuzga yaqin xonadonga kirishdi.

Tadbir doirasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularga zarur tavsiyalar berildi.

Adashib turli oqimlar ta’siriga tushib qolgan yoshlar bilan ham yakkama-yakka suhbatlar olib borildi. 

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad yurtimizda inson qadri, sha’ni ulug‘ ekanini, odamlarga yaxshilik ulashib yashash, yurtimizda hukm surayotgan tinchlikning qadriga yetish, o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash, yoshlarimizni turli yot g‘oyalardan asrashdir.

100 ta oilaga kirish 100 xil muammo va shuncha yechim degani.

Tadbir ishtirokchilari yana «Niyozmat ota» jome masjidiga qaytib, amalga oshirilgan ishlarni o‘rtaga tashlab, kelgusidaig rejalarni belgilab olishdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

 

 

100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim
O'zbekiston yangiliklari