Men dunyoda yashab turgan millionlab insonlarning qalblarini to‘lqinlantirgan odam hayotini yanada chuqurroq bilishni xohladim va o‘sha davrdagi odamlarning hayot tarziga Islom qilich bilan kirib bormaganiga qayta-qayta ishonch hosil qildim. Payg‘ambar Muhammad (sollalohu alayhi vasallam)ning sodda hayot kechirishlari, o‘zlarini cheksiz hokisor tutishlari, zimmalaridagi majburiyatlarini so‘zsiz bajarishlari, sahobalarga butun borliqlarini baxshida qilishlari, jasurliklari, Yaratganga va o‘z ishlariga mutlaq ishonishlari kabi sifatlari, U zotni har qanday to‘siqdan muvaffaqiyatli o‘tishga yordam berdi, unutmang, qilich emas. Muhammad (sollalohu alayhi vasallam) tarjimayi holining ikkinchi bobini tugatganimda, afsuski, ushbu buyuk inson hayotining davomini o‘qish shaxsan men uchun emas ekan, deb hisobladim.
Alisher SATTAROV
O‘MI Xalqaro bo‘limi xodimi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati