Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Avgust, 2025   |   15 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:56
Quyosh
05:26
Peshin
12:34
Asr
17:26
Shom
19:34
Xufton
20:57
Bismillah
09 Avgust, 2025, 15 Safar, 1447

Qoraqalpog‘istonda muhtasham masjid ish boshlaydi

05.12.2017   7623   1 min.
Qoraqalpog‘istonda muhtasham masjid ish boshlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20-21 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istondagi “Imom Eshon Muhammad” jome masjidida ham bo‘lib, u yerda diniy idora vakillari, qoraqalpog‘istonlik faxriylar va nuroniy otaxonlar bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda ushbu jome’ni qayta qurish, tevarak-atrofini yanada obod qilish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar asosida masjidining qurilish ishlari jadal boshlab yuborildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qoziyotidan olingan xabarga ko‘ra, ushbu jome masjidning qurilish ishlari o‘z nihoyasiga yetgan.

Ushbu jome masjid Qoraqalpog‘iston diyoridagi eng muhtasham masjid bo‘lib, unda namozxonlar uchun barcha qulayliklar muhayyo qilingan. Hozirda qoraqalpog‘istonlik mo‘min-musulmonlarning quvonchi cheksiz.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohning yordami

06.08.2025   6372   1 min.
Allohning yordami

حدثنا العباس الدوري  نا يحيى بن حماد  أنا محمد بن طلحة عن أبيه عن مصعب بن سعد قال: رأى سعد أن له فضلا على من دونه قال: فقال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم : إنما نصر الله هذه الأمة بضعفائهم وبصلاتهم ودعوتهم وإخلاصهم.


Mus’ab ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi: “Sa’d o‘zini boshqalardan ustunroq deb o‘yladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Albatta, Alloh bu ummatga zaiflari, namozlari, duolari va ixloslari sababli nusrat bergan!” dedilar”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi